Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 03.34.29
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2009 » Февраль » 14 » Золимнинг зулмлари
    00.34.29
    Золимнинг зулмлари
    Gulnora Oltieva:Turmush o’rtog’im Yusuf Jumayevning hayoti xavf ostida

    8-10-fevral kuni qizim Feruza, dunyoning eng dahshatli turmasi bo’lgan Jasliq (UYA64/71) kaloniyasida turmush o’rtog’im Yusuf Jumayev bilan uchrashib keldi. Qizimning aytishicha dadasining ahvoli juda og’ir, sog’liklari juda yomonlashgan.

    Qahraton qishda, sovuq va zax bo’lgan karserga, yalang oyoq tashlashgan. Shu ham yetmaganda karserga kirib ham qiynoqlar o’tkazishgan. Uydirma bahonalar bilan 10 kun karserga tashlashga, qaror chiqarib 14-15 kunlab karserda saqlashgan.Turmush o’rtog’im Yusuf Jumayevni, birinchi otryad boshlig’i Qahramon Pirnazarov ayovsiz kaltaklab yuragining ustiga, boshiga ko’p maratoba tepgan.

    – Sen prezident dushmanisan- deb doimiy qiynoqlarga solishar ekanlar. Qizim ikki marotaba borganida qattiq kaltaklar zarbidan sog’ligi juda yomonlashgani uchun ko’rsatishmaganlar. Qizimning ming kilometrdan ortiq joydan dadamga deb ko’tarib borgan oziq-ovqatlarini olib qolganlar ammo dadasiga berishmagan.

    Hozirgi kunda, “Jasliq” 64-71 kaloniya daxshatli ahvolga kelib, uning oldida son-sanoqsiz ota-onalar o’zbolalarini ko’rish uchun, yosh bolalar otalarini ko’rish uchun kunlab navbatda turar, ming afsuski ba’zilari ko’rib, bazilari esa ko’rolmay qon yig’lab qaytishar ekan. Chunki jasliqdagi og’ir qiynoqlar natijasida, u yerdagi maxbuslar mayib- majruh jinni bo’lib bo’lgan.

    Ota-onalarning aytishicha, bolalari majruh, tuperkloz, spid kasalliklari yuqtirilgan, qiynoqlar haddan oshib, oziq ovqat qilib supurgi urug’ini qaynatib berishar ekanlar.
    Jasliq turmasidan ko’ngli vayron bo’lib qaytgan qizimni Buxoroda ham diktaturaning yovuzligi kutib turardi.

    Qizim Feruza dadasining izidan ketganda qizim yashayotgan o’glim Alisherga tegishli bo’lgan uyni (Oila a’zolarimizga tegishli bo’lgan boshqa barcha uylar tortib olingan) talab eshik derazalarni sindirib xonavayron holatga keltirganlar.

    Bizning oilamizga boshlangan ta’qiblar, zulmlar kundan kunga kuchaymoqda. Turmush o’rtog’im Yusuf Jumayevning hayoti esa har lahzada xavf ostida qolmoqda.

    11.01.2009

    Туронзамин рўзномаси
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz