Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 07.15.21
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2009 » Апрель » 16 » Ibratli rivoyat
    21.23.36
    Ibratli rivoyat
    Sulton Sanjar

    Oqil hukmdor
    Ancha vaqt oldin har yili hukmdori o’zgartirilishi qonun bo’lgan bir mamlakat bo’lgan ekan. Taxtga kelgan inson hukmdorlikning bir yilidan so’ng kimsasiz orolga badarg’a qilinishi haqidagi shartnomaga imzo chekishga majbur edi. Shu sababli o’z davrini surib bo’lgan shohni saroy a’yonlari shohona kiyintirib, filga o’tqizgan holda xalqi bilan xayrlashishi uchun mamlakat bo’ylab so’nggi marotaba sayr qildirishar edi. Bir yil davlatni boshqargan hukmdor uchun bu eng mahzun va ayanchli lahzalar edi. Xayr-xo’shlashgach, mulozimlar o’z shohini qayiqqa o’tqizib, kimsasiz orol tomon yo’l olibdilar va uni o’sha yerga eltib ortlariga qaytayotganlarida cho’kkan kema qoldiqlarining bir bo’lagida arang suzib borayotgan yigitga ko’zlari tushibdi. Yurtimizga shoh kerak edi, deya suyunib, mulozimlar yigitni mamlakat tomon olib suzibdilar. Birinchi marotaba yigitdan mamlakat hukmdori bo’lishini so’rashganida u qarshilik bildiribdi, lekin keyinchalik rozi bo’libdi. Saroy a’yonlari uni barcha qonun-qoidalar hamda bir yildan so’ng u ham orol tomon jo’natilishi haqida ogohlantiribdilar.
    Orada uch kun o’tdi. Yangi shoh o’z vazirlarini qoshiga chorlab, uni o’sha kimsasiz orol tomon boshlashlarini so’rabdi. Orol qalin daraxtlar bilan butkul qoplangan va unda vahshiy hayvonlar makon tutgan edilar. Hukmdor ozgina ichkariga yurib avvalgi shohlarning suyaklariga duch kelibdi. Yigitga ular orolga tashlab ketilishlari bilanoq yovvoyi hayvonlar o’ljasiga aylanishlari kunday ayon bo’ldi. U o’zining taqdiri ham shunday ayanchli yakun topishini istamadi. Yurtiga qaytgach, darhol 100 kishi to’plash haqida farmon berdi va ularni barchasini orol tomon boshlab bordi. Kuch va quvvatga to’la ishchilarga barcha o’lik hayvonlarni va barcha daraxtlarni kesib tashlashni buyurib, orolni tark etibdi.
    Shoh har oy kelib, ishning qanday borayotganligini nazorat etib boribdi. Bir oy davomida barcha yovvoyi hayvonlar oroldan ko’chirilib, to’qay tartibga keltirilibdi. Ikkinchi oy davomida butun orol toza holatga keltirilgan edi. Hukmdor shundan so’ng yollangan ishchilariga orolning turli qismlarida ko’rkam bog’lar barpo etishga amr etibdi. Shuningdek, orolga o’zi bilan tovuq, o’rdak, qushlar, qo’y, sigir, echki kabi foydali uy hayvon va jonivorlarini keltiribdi. Uchinchi oyga kelib shoh odamlariga katta-katta uylar va kemalar uchun to’xtash joylari qurishni buyuribdi.
    Kunlar, kunlar ketidan oylar o’taveribdi. Bu orada orol – avvalgi kimsasiz orolga aslo o’xshamas tarzda ko’rkam, oromgoh joyga aylanibdi. Yosh hukmdor oddiy fuqarodek kiyinib, boyliklarini ko’kka sovurmay, ularni orolga to’plab boribdi. To’qqiz oy shu yo’sinda o’tib ketibdi. Shoh o’z a’yonlarini to’plab, shunday debdi: — Bilaman, orolga bir yildan so’nggina ketishim kerak. Lekin men u yerga hoziroq ketishni istayman. A’yonlar bunga rozilik berishmabdi va yana 3 oy kutishi zarurligini ma’lum qilishibdi.
    Oradan yana uch oy o’tib shoh taxtga kelganiga roppa-rosa bir yil to’libdi. A’yonlar hukmdorni shohona kiyintirib, o’z xalqi bilan vidolashishi uchun shahar bo’ylab fil ustida aylantirishga olib chiqibdilar. Shunga qaramay, hukmdor qirollikni tark etayotganidan behad mamnunligi uning yuz-ko’zlarida aks etardi. Xalqi undan so’rabdi, «Barcha avvalgi hukmdorlar bunday daqiqalarda ko’zlarida yosh, dillarida g’am bilan tark etardilar. Sen nechun baxtiyorsan?» U «Oqillarning so’zlarini eshitmaganmisiz? Deydilarki, sen dunyoga kelganingda, sen yig’laysan va atrofingdagilar shod bo’ladilar. Shunday umr kechirginki, hayoting so’ngida sen shodlanginu, atrofingdagilar ko’zida yosh bo’lsin. Men shunday hayot kechirdim. Boshqa qirollar shohona hayot girdobiga sho’ng’igan damlarini men kelajak haqida o’ylab, o’zimga uni yaratdim. Men o’lik oroldan jannatmisol bog’ yaratdim. U yerda men umrimning qolgan qismini osoyishta va baxtiyor holda kechira olaman.» –deya javob beribdi.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz