Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 11.25.51
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2009 » Июнь » 16 » Hajv
    01.31.15
    Hajv
    ANTIQA LUG‘AT
    aldarkusa2.jpg

    Lag‘mon — ovqat turi yoki quloqqa osiladigan taom.

    Labbay — chaqiriqqa javob yoki shoshganda topilmaydigan so‘z.

    Musht — panjalarning tugilgan holati yoki qo‘rqqan oldin ko‘taradigan “yuk”.
    To‘n — milliy kiyim yoki jahl chiqqanda teskari kiyiladigan libos.
     Fe’l — so‘z turkumi yoki itning egasiga ma’lum xislati.
    O‘pka — inson organi yoki hovliqma odamlarda yo‘q a’zo. Yana uzoqdagi quyruqdan yaxshiroq go‘sht.
    Yong‘oq — quruq meva yoki boshda chaqiladigan mahsulot.
    Ilon — sudraluvchi yoki yomon gapga po‘st tashlaydigan, yaxshi gapga esa inidan chiqadigan gazanda.
    Sichqon — kemiruvchi yoki inining bahosi ming tanga turadigan zararkunanda.
    Echki — uy hayvoni yoki tilab olingan erni tepib o‘ldirgan jonivor.
    Tarvuz — poliz ekini yoki odamning qo‘ltig‘idan tushib ketadigan mahsulot.
    Savob — xayrli ish yoki tagi teshik “idish”.
    Chuchvara — ovqat turi yoki xomligida sanaladigan taom.
    Hassa — qariyalar suyanadigan tayoq yoki ko‘r bir marta yo‘qotadigan buyum.
    Qoshiq — oshxona jihozi yoki quruq bo‘lsa og‘izni yirtadigan anjom.
     Jo‘ja — tovuqning bolasi yoki kuzda sanaladigan parranda.
    Burga—hasharot yoki ko‘rpaga o‘t qo‘yish sababchisi.
    Mol — hayvon yoki egasiga o‘xshamasa harom o‘ladigan jonivor.
    Somsa — taom yoki yemasa ham puli to‘lanadigan ovqat turi.
    Uzum — meva turi yoki sotilgan bozori surishtirilmasdan tanovul qilinadigan mahsulot.

     Muhammad TOSHBOLTAYEV
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz