Ризобек Воскресенье, 2024-05-19, 02.56.20
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2009 » Июнь » 25 » Бугуннинг гаплари
    15.29.51
    Бугуннинг гаплари
    Каримов ҳамма мухолифларидан қутулмоқчи ёҳуд янги паспорт ўйини

    Ўзбекистонда амалдаги паспортларни янги турдаги биометрик паспортга яъни  гўё халқаро андозаларга мос тарзда алмаштириш юзасидан Каримов Фармонини Ўзбекистон расмий ОАВлари  эълон қилди.

    Унинг янги паспорт жорий этиш юзасидан фармони билан таниша туриб, бу тадбирдан кўзлаган мақсади нима экан деган савол атрофида мулоҳаза қилдик.

    Аввал  Янги турдаги паспорт жорий этиш ҳақдаги фармон билан сиз ҳам танишиб чиқингга, ундан сўнг биргалашиб фикримизни давом эттирамиз.

    "O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni.


    Xalqaro fuqaro aviatsiyasi to‘g‘risidagi Chikago konvensiyasi (1944 yil dekabr) va Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotining (IKAO) Monreal Assambleyasining 2004 yildagi qarori (rezolyutsiyasi)ga muvofiq ushbu tashkilotga a’zo davlatlar 2010 yildan kechiktirmay egalarining shaxsiy biometrik parametrlari va belgilangan ma’lumotlari haqida elektron axborot jamlangan hamda yuqori himoya darajasiga ega fuqaro pasportlarining joriy etilishini ta’minlashi shart.

    Biometrik ma’lumotlarga ega pasportlar xalqaro fuqaro aeronavigatsiyasi xavfsizligini ta’minlash, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning qalbakilashtirishga qarshi himoya darajasini oshirish, Davlat chegarasidan o‘tishda shaxsni tezkor va aniq identifikatsiyalash mexanizmlarini takomillashtirish, xalqaro aviatashishlar sifati va samaradorligini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.

    Hozirgacha dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida tayyorlangan biometrik parametrli pasportlar joriy etilgan.

    IKAO a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida aviatashishlar xavfsizligini ta’minlash, aviatsiya texnikasining ishonchliligini va xalqaro bozordagi raqobatbardoshliligini oshirish, aviatransport xizmatlaridan foydalanuvchi yo‘lovchilar uchun maksimal qulayliklar yaratish, aeroportlar infratuzilmasini rivojlantirish, ushbu sohada kadrlar tayyorlash va boshqa tadbirlar borasida tizimli va izchil ish olib borilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasining «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida»gi qonuniga muvofiq va zamonaviy xalqaro andozalar hamda talablarni hisobga olgan holda milliy pasport tizimini yanada takomillashtirish maqsadida:

    1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatining 2010 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda egalarining biometrik ma’lumotlari bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini (bundan buyon biometrik pasport deb yuritiladi) joriy etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.

    2. Aholining amaldagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini biometrik pasportga bosqichma-bosqich almashtirish tartibi tasdiqlansin:

        *
          birinchi bosqich (2010 yil) – respublika vazirliklari, idoralari va muassasalari xizmatchilariga, xorijga chiqayotgan yoki chet eldagi jismoniy shaxslarga, shuningdek, muayyan yoshga to‘lgan yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra pasport olayotgan fuqarolarga;

        *
          ikkinchi bosqich (2011-2015 yillar) – qonunchilikda belgilangan tartib bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga.

    3. Biometrik pasportlarni markazlashgan holda tayyorlash va ularning hisobini samarali yuritish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mazkur pasportlar bilan o‘z vaqtida ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Davlat personallashtirish markazi (DPM) tashkil etilsin, markaz biometrik pasportlar blankalarini tayyorlovchi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi (DIB) hududida joylashtirilsin.

    4. Belgilab qo‘yilsinki:

        *
          pasport olish uchun murojaat etgan shaxslar bo‘yicha belgilangan ma’lumotlar va biometrik parametrlarni to‘plash, ushbu ma’lumotlarni DPMga yuborish, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga biometrik pasportlarning o‘z vaqtida berilishini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi IIVning Xorijga chiqish-kelish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasining bo‘linmalariga va O‘zbekiston Respublikasi TIVning xorijdagi konsullik muassasalariga yuklanadi;

        *
          fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish paytida pasportlarda ko‘rsatilgan biometrik parametrlarga binoan shaxsni identifikatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasining chegara nazorati bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi.

    5. Vazirlar Mahkamasi o‘rnatilgan tartibda quyidagilarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin:

        *
          bir oy ichida – Davlat personallashtirish markazi to‘g‘risidagi Nizomni;

        *
          ikki oy ichida – ushbu farmon talablarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimi to‘g‘risidagi Nizomning yangi tahririni.

    6. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati mamlakat fuqarolarini biometrik pasportlar bilan ta’minlash tizimi samarali amal qilishini ta’minlash maqsadida IIV, TIV, MXXning tegishli bo‘linmalarini 1 va 2 ilovalarga muvofiq zamonaviy jihozlar bilan ta’minlasin.

    7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda DPMni “Davlat belgisi” DIB hududida joylashtirilishi va jihozlanishini, ajratilgan binoning kapital va joriy ta’mirlanishini, zarur tashkiliy texnika, ofis mebeli, aloqa vositalari va markazning samarali faoliyati uchun zarur bo‘lgan boshqa moddiy-texnik vositalar bilan ta’minlasin.

    8. Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi respublikaning boshqa manfaatdor vazirliklari va idoralari bilan birgalikda:

        *
          bir oy muddatda xorijiy tajribani chuqur tahlil qilgan holda va texnik-iqtisodiy asoslarga muvofiq DPMning ishlab chiqarish moddiy-texnik bazasini shakllantirishga doir dastur ishlab chiqsin va uning 2009-2010 yillarda amalga oshirilishini ta’minlasin;

        *
          O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini biometrik pasportlar bilan ta’minlash bo‘yicha tashkil etilayotgan tizimning samarali ishlashini ta’minlash va unga xizmat ko‘rsatadigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni izchillik asosida tashkil etsin.

    9. Moliya va iqtisodiyot vazirliklari bir oy muddatda O‘zbekistonda biometrik pasportlarni joriy etish bo‘yicha loyihani moliyalashtirish masalasini ishlab chiqsin va ko‘rib chiqish uchun o‘rnatilgan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasiga kiritsin.

    10. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rnatilgan tartibda xorijiy davlatlar hukumatlarini, Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkilotini va Xalqaro standartlashtirish tashkilotini O‘zbekistonda milliy pasport tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar to‘g‘risida xabardor qilsin.

    11. Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan hamkorlikda ikki oy muddatda ushbu farmon talablarini hisobga olgan holda amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritsin.

    12. Ushbu farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov

    Toshkent shahri, 2009 yil 23 iyun"


    Демак Фармондан мақсад нима деган аввал бошдаги саволга қайтиб унга нисбатан мулоҳазаларимизни билдиришда давом этамиз.

    Айримлар "Четда юрган мухолифатчилар  ўзлари яшаётган мамлакатлардаги элчихоналарга паспортларини алмаштиришга бериб, сўнг янгисини ололмай қолаверишлари аниқ.Шу билан уларнинг нафақат Ўзбекистонга балки МДҲ ҳудудига- да виза чекловлари туфайли ўта олмай қолишлари таъминланади" дейишлари мумкин.Бу гапда ҳам жон бор.Айнан шундай бўлади ҳам.

    Бундан ташқари мамлакат ичкарисида яшаётган нафақат ҳукуматга мухолиф кишилар, балки ҳукуматга озгина бўлсада ноқулай шахслар ҳам турли рўкачлар билан паспортсиз қоладилар.Шундоқ ҳам Ўзбекистон аҳолисининг камида 70 фоизи қандайдир бирор -бир айб билан судланиб айбдорларга айланиб бўлган.

    Бундан ташқари Фармонда номлари қайд этилган ИИВ, МХХ ва ҳакозо вазирлигу қўмиталарга яна бир бор ноқонуний мўмай даромад қилиш эшиклари ланг очилди.Улар паспорт алмаштириш тадбирига дея халқ бойлигини совуришади.

    Янги паспорти  йўқлар чет элга чиқиш визаси олишларига рухсат этилмайди, янгиси эса ҳадеганда берилавермайди.Чунки фармонда биринчи галда ҳукумат мулозимлари  ва казо -казолари ҳамда биринчи бор паспорт олаётганларга имтиёзли тарзда яъни биринчи галда янги биометрик паспорт олишлари иншо этилган.

    Тезроқ янги паспорт олмоқчи бўлган қўлида озроқ пули бор ўрта ё кичик тадбиркорлар қатлами эса порасиз паспорт олишлари амри маҳол.

    Энг асосийси Каримов бир йўла ҳамма мухолифларидан паспортсиз қолдириб қутулмоқчи.Аммо ким - кимдан мутлақо қутулади яна вақт кўрсатади...

    Ризо Обид
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz