Ризобек Суббота, 2024-04-27, 22.19.37
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2009 » Июль » 18 » ''TURONZAMIN''da
    00.37.33
    ''TURONZAMIN''da
    ALISHER YUSUFJON o’g'li,
    Demokratik O’zbekiston Kongressining raisi

    Demokratiya nimaligini ko’rsatadigan ko’zgu ham zarur!
    Demokratik O’zbekiston Kongresi (DO’K) 2005 yil Andijon fojealari ortidan buyuk adib, tilshunos olim, jurnalist Jahongir Muhammad tashabbusi bilan tuzilganidan keyin, o’z oldiga qo’ygan maqsadi yo’lidan chekinmay faoliyat ko’rsatib keldi.

    DO’K ma’lum ma’noda muvaffaqiyatlarga erishdi ham. O’zining demokratik matbuotiga ega bo’ldi.

    DO’K o’z oldiga O’zbekistonda demokratiyani targ’ib qilishni, erkinlik nimaligini asrlar osha bilmay kelayotgan mazlum o’zbek xalqiga demokratiyani o’rgatishni, xalqning huquq erkinliklarini toptab, zo’ravonlikka asoslangan holda hokimiyatni boshqarayotganlarni demokratik islohotlarga chaqirish kabi vazifalarni maqsad qilib olgan.

    DO’K demokratik matbuoti o’zining mamlakat ichidagi jurnalistlari orqali O’zbekistondek yopiq jamiyatda yuz berayotgan zo’ravonliklar va yangiliklarni xolisona tarzda o’tgan to’rt yil mobaynida imkon qadar yoritib keldi.

    Bundan keyin ham DO’K o’z faoliyatini demokratik tamoyillarga suyangan holda tuzilgan nizomi asosida davom qildiradi.

    Amerika va Ovro’pa tajribalarini o’rganadi. Amerika va Ovro’pa demokratiyasi erishgan yutuqlar va kamchiliklar haqidagi maqola va asarlarni o’zbek xalqiga yetkazish, demokratik davlatlarning chin ma’nodagi erkinliklarga erishish yo’lidagi kurashlarini xalqimizga yetkazish uchun faoliyat ko’rsatadi.

    Biz xalqimizga demokratiya nimaligini o’rgatmasdan turib demokratik davlat qura olmaymiz. Chunki O’zbekiston hukumatida demokratiyaga qarshi tashviqot olib boruvchi kuch yetarlidir.

    Bir necha yil ilgari shoir Abdulla Oripov yozgam maqolalaridan birida demokratiya haqida to’xtalib, itim bilan bir xonada ovqatlantirib yashatadigan demokratiya bo’ladigan bo’lsa, menga kerak emas, deb yozgandi. Shoir demokratiya nimaligini ancha yaxshi biladi, ammo u hukumatni boshqarayotgan shaxsning fikri bilan yozadi. A.Oripov bitta emas ular yuzlabdir, ularning ixtiyorida televediniyalar, ro’znoma, oynomalar bor. Demak demokratiya nimaligini ko’rsatadigan ko’zgu ham zarur.

    DO’K faoliyati demokratiyani yoritish, uni targ’ib qilish, mamlakat ichi va tashqarisidagi demokratlarni qo’llab-quvvatlash bilan davom qilib kelgan, bundan keyin ham shunday davom qilaveradi.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz