Poshsho bilan nima ishim bor,
Men qalandar bir darvesh asli.
Jon berolmay qiynalar ular,
Dunyoga hech to'ymagan nasli.
Men bir garib kimsa dunyoda,
Qidirmayman oltin-javohir.
Mening katta boyligim erur,
So'z atogliq ochilmagan sir.
Bir so'zimda qancha sirlar bor,
Qani aytsin birorta poshsho.
Erta meni nima kutadi,
Bilar faqat yaratgan Olloh.
Rizo OBID