Poshsho bilan nima ishim bor, Men qalandar bir darvesh asli. Jon berolmay qiynalar ular, Dunyoga hech to'ymagan nasli. Men bir garib kimsa dunyoda, Qidirmayman oltin-javohir. Mening katta boyligim erur, So'z atogliq ochilmagan sir. Bir so'zimda qancha sirlar bor, Qani aytsin birorta poshsho. Erta meni nima kutadi, Bilar faqat yaratgan Olloh. Rizo OBID
|