Aziz o'quvchi bukun men bu dunyoning galdagi bir o'tkinchisi sifatida haqiqat yo'li haqida chizgilarimni Siz bilan baham ko'rmoqchiman. Avvallari ham ko'p bor ta'kidlaganimdek men shoir ham,adib ham emas,balki oddiy qalamkashlikka havas qilgan oddiy dehqon bolasiman.Gohida ko'nglimdan kechayotgan o'y-fikrlarni o'rtaga tashlagim keladi. Yuqoridagilar bois ayrim so'zlarim,jumlalar to'mtoq,beo'hshov bo'lsa oldindan uzr so'rayman va meni to'gri tushunib,ma'zur tutasiz,deb umid qilaman. ...1990 yil,may oyining ikkinchi yarmida yuqoridagi sarlavha bilan ''Mushtum'' jurnalida maqolam e'lon qilingan edi.Unda sho'ro davrida Namangan viloyat Pop tumani Lenin nomli agrosanoat birlashmasi bosh direktori bo'lib ishlagan,maqola chop etilgan pallalarda Moskovdagi ''Butirka'' qamoqhonasida sud hukmisiz,salkam sakkiz yildan buyon noqonuniy hibsda ushlab turilgan Ahmadjon Odilov haqida yozilgan edi...