Ризобек Пятница, 2025-06-20, 18.34.27
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Январь » 17

    Ahmadjon Odilov hayoti bilan bogliq tafsilotlarni ko'p yozib qimmatli vaqtingizni omayin.Aytmoqchimanki hamma u qamalgach ommaviy qoralashni boshlaganda kamina uni yoqlovchi maqola yozdi.
    Sababi?Sababi bitta edi.Garchand men shahsan A.Odilovni tanimasdim.U bilan bir piyola choy tugul,suv ham ichmagandim.Meni bir savol qiynar edi.
    So'ro qonunlariga ko'ra bir shahs SSSR Bosh prokurori sanktsiyasi bilan 9 oy hibsda ushlab turilishi mumkin,degan qonun bor edi.Ayrim hollarda esa SSR Oliy Soveti Prezidiumining qarori bilan alohida hollarda 1,5 yilgacha hibsda ushlab turilishi mumkin.Agar shu muhlatlar ichida ayblanuvchi aybi e'lon qilininb ishi sudga oshirilmasa tilhat orqali ozodlikka chiqariladi,deyilgan.Biroq A.Odilov 8 yildan beri sud hukmisiz qamoqda ushlanib turgani qonun buzilishi edi.Ehtimol A.Odilovga boshqa qonun yozilgandir,yo u boshqa planeta odami edimi?
    Ana shu savollardan kelib chiqib o'sha maqolamni yozgan edim.Qancha mas ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1251 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-17 | Комментарии (0)

    Ahmadjon Odilov o'zi kim edi?Qahramonimiz osha davr kishilari uchun nafaqat tanish balki mashhur kishi sifatida gavdalangan.
    Oddiy hisobchilikdan nafaqat O'zbekistonga ta'bir joiz bo'lsa butun dunyoga mashhur bo'lgan Ahmadjon Odilov haqida men ham gazeta-jurnallar,televidenie,radio va odamlarning afsonaviy hikoyalari orqali tanish edim.Ahmadjon Odilov bilan sovet hukumatining kazo-kazo rahbarlari-yu,o'sha davrning mashhur adiblari goyat yaqin bo'lishgan.Va ular uni afsonaviy qahramon darajasiga ko'tarishganidan yahshi habardor edim.Biz kabi jaydari qalamkashlarga bu qahramon bilan uchrashish,suhbatlashish imkoniyatlari yo'q,bo'lganda ham son tegmas edi.
    Nima bo'ldi-yu,vaqt kelib ko'klarga ko'tarilgan qahramon 1984 yilning avgustida ''ozbeklar ishi'',''pahta ishi'',deya nom olgan Kremlning ommaviy ''tozalovi'' tala-to'plarida Ahmadjon Odilov hibsga olindi,degan ovoza tarqaldi.Siyosiy maydonga Gdlyan,Ivanov singari mashhur huqushunoslar paydo bo'lib osha davrdagi Markazqo'm ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 2666 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-17 | Комментарии (0)

    Aziz o'quvchi bukun men bu dunyoning galdagi bir o'tkinchisi sifatida haqiqat yo'li haqida chizgilarimni Siz bilan baham ko'rmoqchiman.
    Avvallari ham ko'p bor ta'kidlaganimdek men shoir ham,adib ham emas,balki oddiy qalamkashlikka havas qilgan oddiy dehqon bolasiman.Gohida ko'nglimdan kechayotgan o'y-fikrlarni o'rtaga tashlagim keladi.
    Yuqoridagilar bois ayrim so'zlarim,jumlalar to'mtoq,beo'hshov bo'lsa oldindan uzr so'rayman va meni to'gri tushunib,ma'zur tutasiz,deb umid qilaman.
    ...1990 yil,may oyining ikkinchi yarmida yuqoridagi sarlavha bilan ''Mushtum'' jurnalida maqolam e'lon qilingan edi.Unda sho'ro davrida Namangan viloyat Pop tumani Lenin nomli agrosanoat birlashmasi bosh direktori bo'lib ishlagan,maqola chop etilgan pallalarda Moskovdagi ''Butirka'' qamoqhonasida sud hukmisiz,salkam sakkiz yildan buyon noqonuniy hibsda ushlab turilgan Ahmadjon Odilov haqida yozilgan edi...
    Просмотров: 899 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-17 | Комментарии (0)

    Sen ummon ostiga shunday cho'kkinki,
    Qidirib topishsin zarur bo'lganda.
    Ayuhannos solib yurmagin aslo,
    Sen tirgak bo'lolgin kerak bo'lganda.

    Minnat qilma yumushing Vatan oldida,
    Senga baho bersin millatdoshlaring.
    Hokisor bo'l do'stim, kekkaymagin hech,
    Bir hilda bos bagringga elatdoshlaring.

    Gavhar bo'l elingga tegsin bir nafing,
    Surilib yurmagin keraksiz toshday.
    Zamin farzandisan ko'kka sapchima,
    Sen o'zbek bo'laqol bir ko'zu qoshday!
    Rizo OBID

    Просмотров: 948 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-01-17 | Комментарии (1)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz