Ризобек Пятница, 2025-06-20, 18.56.33
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Январь » 17 » Rizo OBID HAQIQAT YO'LI UZUN...1.Ahmadjon ODILOV o'zi kim edi?
    02.29.52
    Rizo OBID HAQIQAT YO'LI UZUN...1.Ahmadjon ODILOV o'zi kim edi?
    Ahmadjon Odilov o'zi kim edi?Qahramonimiz osha davr kishilari uchun nafaqat tanish balki mashhur kishi sifatida gavdalangan.
    Oddiy hisobchilikdan nafaqat O'zbekistonga ta'bir joiz bo'lsa butun dunyoga mashhur bo'lgan Ahmadjon Odilov haqida men ham gazeta-jurnallar,televidenie,radio va odamlarning afsonaviy hikoyalari orqali tanish edim.Ahmadjon Odilov bilan sovet hukumatining kazo-kazo rahbarlari-yu,o'sha davrning mashhur adiblari goyat yaqin bo'lishgan.Va ular uni afsonaviy qahramon darajasiga ko'tarishganidan yahshi habardor edim.Biz kabi jaydari qalamkashlarga bu qahramon bilan uchrashish,suhbatlashish imkoniyatlari yo'q,bo'lganda ham son tegmas edi.
    Nima bo'ldi-yu,vaqt kelib ko'klarga ko'tarilgan qahramon 1984 yilning avgustida ''ozbeklar ishi'',''pahta ishi'',deya nom olgan Kremlning ommaviy ''tozalovi'' tala-to'plarida Ahmadjon Odilov hibsga olindi,degan ovoza tarqaldi.Siyosiy maydonga Gdlyan,Ivanov singari mashhur huqushunoslar paydo bo'lib osha davrdagi Markazqo'm rahbarlaridan tortib ko'zga ko'ringan viloyat,tuman rahbarlarini turli jinoyatlarda ayblab,ommaviy hibsga olish boshlandi.
    Ular ichida Ahmadjon Odilov ishi alohida,ulkan shov-shuvlarga mavzu bo'ldi.Kechagina Ahmadjon Odilov haqida qasidalar yozgan adib-ijodkorlar endi aks chiqishlar qila boshlashdi.Biz bu mashshurlarning avvalgi va keyingi gaplariga ham ishonaverdik.Ularga qo'shilib hamma erinmagan qalamkash ham u haqda salbiy chiqishlar qila boshladi...
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz