Kim biz bilan shohga qarshi, Borsa birga boramiz. So'zimizning qudratila, Yuragini yoramiz. Zolim shohning shohlarini, Sindiraman,deganlar. Millatini zulmatlardan, Olib chiqay,deganlar, Bering bizga qo'lingizni, Tuting bizla yo'lingizni. Beraylik Shoh dodini, Qoldirmay imkonini. Haq yo'ldagi o'zbegim, Ko'tar sen ham boshingni, Ona-farzand,jigaring, Oqizmay ko'zyoshini. Kuni bitgan poshshoni, Etar boshda turgani. Qonlar ichib,o'kirib, Etar,bas quturgani. Rizo OBID.