Bugun oqshom Siz azizlar bilan ikki ogiz kangul mulki bo'lmish,kishining yuragidan to'kilib,qogozda aks etguvchi ilohiy tuygu -she'r,she'riyat haqida suhbatlashgim keldi. Bu mavzu hech intiho bilmas,hadsiz-chegarasizdir.Aytmoqchi bo'lganlarimni allaqachon kimlardir aytib bo'lgan bo'lishi ham mumkin.Lekin ora-chora bu borada bazmga yigilgan so'z mulki shaydolari kabi takrorlansa ziyoni yo'q,deb o'ylayman. Vatandoshimiz,rahmatli shoir Muhammad YUSUF bilan bir oliygohda tahsil olganmiz. Talabalik yillarimizda she'riyat hususida uzoq suhbatlashardik.Kunlardan bir kun u kishi oliygohimizda tahsil olayotgan turkman qizlarning milliy liboslarda o'tishayotganiga qarab turib,''qarangga,milliy kiyimlari qanchalik yarashib turibdi'',dedi va oradan ko'p o'tmay ''Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman'',nomli she'rini yozdi.Bilgan u dedi,bilmagan bu.Lekin ayrimlar o'ylagandek M.YUSUF turkman qizga uylangisi borligi uchun o'sha sherini yozmagandi.To'grisini aytganda ayrim kursdosh
... Davomini o'qing...
Demokratik O'zbekiston Kongressi ''TURONZAMIN'' ro'znomasi tahririyati , O'zbekiston siyosiy muhojirlarining ''ISYONKOR'' sahifasi sohibi Yusuf Rasulov va boshqa ko'plab Vatandoshlardan tabriklar oldim. Hammangizga samimiy tilaklaringiz uchun o'zimning tashakkurimni izhor etaman. Rizo OBID.
Uzoq va olis Kanadada muhojirotda yashab,ijod qilayotgan shoira Dilsora FOZILOVAning qadr,degan bir ogiz so'zi ko'nglimni tog qadar,samolar qadar ko'tardi.Uning shu so'zi menga ushbu mashqimni chizishga turtki berdi.
Aylanay,ko'zlari qaro o'zbek qiz, Aylanoyin sening qalam qoshingdan. Dardu hijronlarni mitti yurakka, Jam etgan o'zbek qiz o'rgilay sendan.
O'nggu so'llarimda qiqirlar gullar, Ammo kanglumdagi guncha kulmaydi. Ahir men o'zbekman,o'zbek yigiti, O'zbek qizin soginganim ular bilmaydi. Rizo OBID
Kim biz bilan shohga qarshi, Borsa birga boramiz. So'zimizning qudratila, Yuragini yoramiz. Zolim shohning shohlarini, Sindiraman,deganlar. Millatini zulmatlardan, Olib chiqay,deganlar, Bering bizga qo'lingizni, Tuting bizla yo'lingizni. Beraylik Shoh dodini, Qoldirmay imkonini. Haq yo'ldagi o'zbegim, Ko'tar sen ham boshingni, Ona-farzand,jigaring, Oqizmay ko'zyoshini. Kuni bitgan poshshoni, Etar boshda turgani. Qonlar ichib,o'kirib, Etar,bas quturgani. Rizo OBID.