Uzoq va olis Kanadada muhojirotda yashab,ijod qilayotgan shoira Dilsora FOZILOVAning qadr,degan bir ogiz so'zi ko'nglimni tog qadar,samolar qadar ko'tardi.Uning shu so'zi menga ushbu mashqimni chizishga turtki berdi.
Aylanay,ko'zlari qaro o'zbek qiz, Aylanoyin sening qalam qoshingdan. Dardu hijronlarni mitti yurakka, Jam etgan o'zbek qiz o'rgilay sendan.
O'nggu so'llarimda qiqirlar gullar, Ammo kanglumdagi guncha kulmaydi. Ahir men o'zbekman,o'zbek yigiti, O'zbek qizin soginganim ular bilmaydi. Rizo OBID
She'r uchun katta rahmat. She'ringizdan Batan sog'inchi, millat va madaniyatimiz go'zalliklariga muhabbat, iftikhor tuyg'usi, dard va alamli hijrondek yoniq hislar ufurib turibdi. Shunday go'zal she'r menga atab yozilganidan boshim osmonga etdi. Ijodingizga barkamollik tilab, hurmat bilan Dilsora.
DILSORAHONIM sahifamizga tashrif buyurganingiz hushnud etdi.Takrorlanmas so'z sohibasiligingizni his qilib turibman.Umid qilardimki,o'zingizning betakror his-tuygular ila sugorilgan,qalbga yaqin,durla chizilgan marvaridlar shodasiday so'z atoqli hazinangiz sandigidagi bisotlar bilan sahifamizga bot-bot tashrif buyursangiz. Sizga samimiy hurmat va ehtirom bilan Rizo OBID.
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]