Ризобек Четверг, 2024-11-14, 20.46.53
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 7
    Гостей: 7
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Январь » 30 » KANGUL MULKI
    23.18.08
    KANGUL MULKI
    Bugun oqshom Siz azizlar bilan ikki ogiz kangul mulki bo'lmish,kishining yuragidan to'kilib,qogozda aks etguvchi ilohiy tuygu -she'r,she'riyat haqida suhbatlashgim keldi.
    Bu mavzu hech intiho bilmas,hadsiz-chegarasizdir.Aytmoqchi bo'lganlarimni allaqachon kimlardir aytib bo'lgan bo'lishi ham mumkin.Lekin ora-chora bu borada bazmga yigilgan so'z mulki shaydolari kabi takrorlansa ziyoni yo'q,deb o'ylayman.
    Vatandoshimiz,rahmatli shoir Muhammad YUSUF bilan bir oliygohda tahsil olganmiz.
    Talabalik yillarimizda she'riyat hususida uzoq suhbatlashardik.Kunlardan bir kun u kishi oliygohimizda tahsil olayotgan turkman qizlarning milliy liboslarda o'tishayotganiga qarab turib,''qarangga,milliy kiyimlari qanchalik yarashib turibdi'',dedi va oradan ko'p o'tmay ''Uzun ko'ylak turkman qizga uylanaman'',nomli she'rini yozdi.Bilgan u dedi,bilmagan bu.Lekin ayrimlar o'ylagandek M.YUSUF turkman qizga uylangisi borligi uchun o'sha sherini yozmagandi.To'grisini aytganda ayrim kursdosh qizlarimiz biroz M.YUSUFdan o'pkalab ham yurishdi.Ularning ko'nglini ko'tarib men quyidagi misralarni yozgandim.

    Turkman qizni sevmaganmiz,
    Ammo havas qilganmiz.
    Uzun ko'ylak kiyganiychun ,
    She'rlar yozib turganmiz.

    Hazil-huzul bilan qizlarimizdagi gina oradan ko'tarilib ketgan.Bu uzoq bo'lmagan tarih.
    Endi so'z mulkining sultoni bobomiz Alisher NAVOIYni eslang.Bu tabarruk zotning Guliga bagishlangan minglab asarlari mavjud.Biroq tarihiy manbalarda keltirilishicha GULI ismli qizning o'zi bo'lmagan ekan.
    Bularni men nega yozyapman.Men ustoz shoirlar,umuman ijodkor ahliga hos o'laroq juda ko'p qizlar ismi bilan bogliq she'riy mashqlar bitganman.Bu,degani men ularning hammasiga muhabbat izhor qilganman ,degani emas.Umuman esa ayol-bu muhabbat ramzi,ayol-bu gul ramzi,qizlar gunchalarga qiyos go'zallik,husnu tarovat,hayo-ibo qoyingki barcha go'zalliklar timsoli.Shu bois ham ularni sevish,sevilish ham har kimga ham nasib etavermaydigan baht.
    Aytaman,desam gap ko'p,ammo va'zhonlik bilan qimmatli vaqtingizni olmay.Yahshisi,keling shu bazmda o'z fikr-mulohazalaringizni bildiring,kangul kechinmalaringiz,pokiza tuygular ila yo'grilgan dil izhorlaringizni bayon eting.

    Lobar qizaloqlar,barno go'zallar,
    Har biringiz kanglumga yupanch.
    Gulsanam,Kamola,Saodat,Go'zal,
    Nega sizlarni men singlimday suymay?

    To'kilgan qaboqdan bir dona kiprik,
    Qaniydi yuzimga hol bo'lib qo'nsa.
    Uni avaylasam umrim boricha,
    Va yana ulardan ming kiprik unsa...

    Sizga oqshomingiz osuda,tuningiz hayrli,tongingiz hamisha oppoq- begubor bo'lishini tilab:
    Rizo OBID.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz