O'tinchim kechiring, gunohlarim ko'p, Hali oq-qorani ajratganim yo'q. Biroq malomatlar etmang do'stlarim, Hali biror gulni sevolganim yo'q. Beqaror ekan,deb ogritmang dilim, Izlasam sahrodan yolgiz giyohni. Gulzorga boqmasdan ketsam olislab, Bu men emas biling,bu mening kanglum. O'tinchim chorlamang bazmu jamshidga, Hali rayhonlarning isin tuymadim. Tuygularim tizginidan tortib o'ynamang, Hali yor ishqida yonib- kuymadim. Hanuz boladayman copqillab yurgan, Yalangoyoq tikonlar bosib o'ynagan. Gohida mo'ysafed,darveshdayinman, Dunyo kezib,o'z jonin o'zi qiynagan. Rizo OBID
|