Ризобек Четверг, 2024-11-14, 10.15.51
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Февраль » 01
    Hozirgacha sahifamizga kirganlarning ko'pchiligi shoira Dilsora FOZILOVAning ''UMIDSIZLIK'' asarini eng ko'p mutoala qilishdi.Demak ko'pchilik millatdoshlar so'z qadrini yahshi bilishadi va baholashadi.Shu bois biz ular ko'proq o'qiyotgan mavzularni imkon qadar ko'proq yoritishga harakat qilamiz.
    Ikkinchi o'rinda ''Ozbekistonda saylov bo'lmaydi'' sarlavhali mulohaza o'quvchilar e'tiborida.
    Просмотров: 796 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (0)

    O'rislar bilan azaldan qoni aralashgan o'zbek poshshosi Karimovning o'rischa muqomlarini oynaijahonda tez-tez ko'rib,ja unchalik raqqos bo'lmasa ham maddoh-laganbardorlarining chapaklariga ''ah-ha'',deb qo'shilib qarsaklar urishga ko'pchilik ko'nikib ham qoldi.
    Lekin Karimov o'zi siyosatda hali u ogasining,hali bu ogasining quchoqlarida yaltoqlanishni joyiga qo'ymoqda.
    Karimov ora-choramas tez-tez payt poylab ko'zlarini suzib,qoshlarini qoqib ogalariga cho'tir,shaltogi chiqqan yuzini tutib turishga ustasi farang bo'lib ketgan.
    Mana bunga yana bir misol.U o'rislarning O'zbekistondagi elchisi'' totar obiy ''Muhametshinga ''Do'stlik'' ordeni berib,uni yalab-yumqagani buning yana bir dalilidir.Ko'pchilik Muhametshin Karimovni o'pdi,endi o'rislarning unga(Karimovga)sevgisi kuchayadi,deb qo'yishdi.Yo'q unday emas.Muhametshin obiy mamlakatidagilarga Karimov o'zbek mehnatkashining pillayu-tillalarini ayamay sochayotgani,tagiga yumshoqqina tonna-tonnalab pahtalar qo'yayotga ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 786 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-01 | Комментарии (0)

    Ko'pchilik O'zbekistonda ham,mamlakatdan chetda yurganlar ham O'zbekistonda saylov bo'lish ehtimolini tahmin qilyaptilar.Hatto o'zbekistonlik tadbirkor Jahongir Shosalimov Prezidentlikka o'z nomzodini qo'yish istagini bildirib Karimov rejimining tish-tirnogi bilan hokimiyatni har qanday yo'l bilan saqlab qolishga safarbar etilgan guruhlariga murojaat etayotganining natijasi ''yo'q''qa tengdir.Lekin shu jasoratining o'zi zulmga qarshi bir chaqiriq o'laroq tahsinga sazovor.Ayrimlar,'' nima bu Jahongir Shosalimovning o'z jonida qasdi bormi?'',deyishmoqda.Bu gapda jon bor.Karimov tahtiga yaqinlashish bu balo-qazoga yaqinlashish kabi hatarnokdir.
    Endi o'sha chizgilar boshida sarlavhadagi saylovga sha'maga qaytsak.
    O'zbekistonda saylov bo'lmaydi.Negaki haliyam ko'pchilik hukumat boshida o'tirgan Karimov degan zotning qanday havfli mahluqsifatligini tasavvur qila olishmayapti.
    Avval ham ko'p chizgilarimda u va bu haqda talaygina yozganman.Yana bir bor takrorlab aytaman: < ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 792 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-01 | Комментарии (0)

    Bugun sahifamizga Kanadada yashab,ijod qilayotgan shoira singlimiz DILSORAHONIM, tashrif buyurdilar.Shoiraning quyidagi she'riy misrasi bilan tanishingga:

    She'r bu yuragimning yoniq imlosi,
    Uqqan-uqmaganga bo'lak ma'nosi.
    Ammo shoirlikmas kangul da'vosi,
    Oqqa ko'chsa dardmand qalbim davosi.

    Uning naqadar pokiza qalb sohibasi,so'zlar ma'nisi shaydoligi,ko'ngli kengligini ilgab olasiz.Keling yahshisi quyida ,''NAZM GULSHANI'' ruknidagi sahifada uning yangi sheri bilan tanishib,Siz aziz o'quvchi ham fikrlarimiz shohidi bo'ling.
    Rizo OBID.

    Просмотров: 798 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-01 | Комментарии (0)


    Ko’zlaringdan o’chsa g’ayrat olovi,
    Kaftlaring berkitsa quloqlaringni.
    Birov tinglamasa qalbingning zori,
    Javobin topmasang so’roqlaringni.

    Uyning o’rtasida tursang cho'kkalab,
    Sochlaring parishon, ko’zlaring yumuq,
    Dunyo irg'itganday seni o'pkalab,
    Dahshat girdobidan mayib-u majruh.

    Bulutga berkitsa yulduzin falak,
    Ko’nglingday tim qaro, tongi otmas tun,
    O’kinchlar boshingni aylasa sarak,
    Borlig’ing titratsa bir achchiq tutun.

    Umidsizlik joning etibdi g'ijim,
    Dil isyon boshlabdi nohaq dunyoga
    Orzuni puchlikka qilibsan hukum,
    Sen bugun yetibsan tugal ma’noga.

    Kechagi tashvishing kulguli bugun,
    Tengsizlik ko'rasan tun bilan kunda
    Har bir tomiringda ming - minglab tugun,
    Ertaning rejasi tugulgan unda

    Erta ochilgusi qalbing ko’zlari ... Davomini o'qing...

    Прикрепления: SURAT 1 ·SURAT 2 ·SURAT 3
    Просмотров: 980 | Добавил: Dilsora | Дата: 2007-02-01 | Комментарии (2)

    Biz bugun Karimov rejimi iskanjaga olgan o'zimiz bilgan,tanigan ayrim yurtdoshlarimizni ozodligini so'rayapmiz.Zolim-zo'ravon Karimov qatagonining qurboni bo'lgan yuzlab,minglab vatandoshlarimiz rejim tegirmoni qiynoqlarida jon olib,jon bermoqdalar.
    Mo'tabar Tojiboeva,Gulbahor To'raeva,Umida Niyozovalarning bugungi ayanchli hollarini ta'rif etishning o'zi azob.
    Baribir O'zbekistonda Karimov turar ekan,Karimov yurar ekan tirik jonga kun yo'q.Karimov bugun quturgan mahluq kabi yovuzligini kun sayin emas,daqiqa sayin kuchaytirmoqda.
    Bolaligimda ertaklarda o'qiganim yovuz dev ham ma'lum bir jon evaziga yovuzligini ma'lum vaqt to'htatib turar edi.Karimov esa orti teshik ulkan qon so'ruvchi qora zulukka qiyoski bu yoqdan qon ichib,ikkinchi tomondan yana bormi,deb turibdi.
    Bugun butun er yuziga jar solib,hayqirib isyon ko'tarish dami keldi.Bizlar esa hanuz chaqiriqlar bilan millatdoshlarimizni zulmga qarshi bosh ko'tarishga chorlovdan o'tolmayapmiz.Bizning chaqiriq ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 952 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-01 | Комментарии (0)

    O'tinchim kechiring, gunohlarim ko'p,
    Hali oq-qorani ajratganim yo'q.
    Biroq malomatlar etmang do'stlarim,
    Hali biror gulni sevolganim yo'q.

    Beqaror ekan,deb ogritmang dilim,
    Izlasam sahrodan yolgiz giyohni.
    Gulzorga boqmasdan ketsam olislab,
    Bu men emas biling,bu mening kanglum.

    O'tinchim chorlamang bazmu jamshidga,
    Hali rayhonlarning isin tuymadim.
    Tuygularim tizginidan tortib o'ynamang,
    Hali yor ishqida yonib- kuymadim.

    Hanuz boladayman copqillab yurgan,
    Yalangoyoq tikonlar bosib o'ynagan.
    Gohida mo'ysafed,darveshdayinman,
    Dunyo kezib,o'z jonin o'zi qiynagan.
    Rizo OBID

    Просмотров: 799 | Добавил: qaysar | Дата: 2007-02-01 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz