Ризобек Вторник, 2025-06-24, 17.34.19
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 1 » ITNI KET,DESA KETADI,AMMO KARIMOV KETMAYDIMI?...
    02.55.11
    ITNI KET,DESA KETADI,AMMO KARIMOV KETMAYDIMI?...
    Biz bugun Karimov rejimi iskanjaga olgan o'zimiz bilgan,tanigan ayrim yurtdoshlarimizni ozodligini so'rayapmiz.Zolim-zo'ravon Karimov qatagonining qurboni bo'lgan yuzlab,minglab vatandoshlarimiz rejim tegirmoni qiynoqlarida jon olib,jon bermoqdalar.
    Mo'tabar Tojiboeva,Gulbahor To'raeva,Umida Niyozovalarning bugungi ayanchli hollarini ta'rif etishning o'zi azob.
    Baribir O'zbekistonda Karimov turar ekan,Karimov yurar ekan tirik jonga kun yo'q.Karimov bugun quturgan mahluq kabi yovuzligini kun sayin emas,daqiqa sayin kuchaytirmoqda.
    Bolaligimda ertaklarda o'qiganim yovuz dev ham ma'lum bir jon evaziga yovuzligini ma'lum vaqt to'htatib turar edi.Karimov esa orti teshik ulkan qon so'ruvchi qora zulukka qiyoski bu yoqdan qon ichib,ikkinchi tomondan yana bormi,deb turibdi.
    Bugun butun er yuziga jar solib,hayqirib isyon ko'tarish dami keldi.Bizlar esa hanuz chaqiriqlar bilan millatdoshlarimizni zulmga qarshi bosh ko'tarishga chorlovdan o'tolmayapmiz.Bizning chaqiriqlarimiz ularga etib bormayapti,deb o'ylayapsizmi?Yo'q,etib boryapti.Ularning o'zi Karimov dahshatlaridan tong qotgan.Karaht bo'lib turishibdi.Ular hushlarini o'nglashga ulgurmasdan turib,Karimov otliq mahluq jahannam olovini purkamoqda.
    Har qanday Dev yohud vahshiy mahluq jon talvasasida tanlab o'tirmay ohirgi damigacha dahshat bilan,vahshat bilan

    olamni buzishga tashlanadi.Bugun Karimov ana shunday quturgan mahluqqa aylangan.
    Ayrimlar hali ham shahsiga tegmang,deb koyishadi.Unda odamiylik qiyofasining o'zi yo'qku.Ko'rmayapsizmi har kuni qancha qurbonlik talab qilyapti.
    O'zbekistonda Aziyat chekmagan biror inson bormi?Bo'lsa aytsin.Atrofidagilariga yahshi,deysizmi?Yo'q ular ham Karimov o'ljasi aslida.O'sha Karimov otliq mahluqning atrofidagilarga ham aytar so'zim bor.Bugun tongda bo'lmasa ,kech oqshom sizlarni ham o'z domiga tortib nobud qiladi.Vaqt ganimat,fursat ganimat halq tomonga o'ting.Erta o''tib indin kech bo'ladi.O'zingizning askar bolangiz o'zingizni to'pga tutadi.Ahir Andijonda buning guvohi bo'lmadingizmi.O'zi qilgan ishdan o'zi aqldan ozib qoldiku ichki ishlar vaziriman degan Zokir Almatov,deganlari.
    Biringizni ahmoq,biringizni maymoq ,yana biringizni yana bir ayb bilan yamlamay yutyaptiku.Nahot o'zingizning galingiz kelib ,qurbon bo'lgunungizga qadar kutib turasiz?

    Bugun o'zbegimning ko'zida yoshmas,
    Qonlar oqayotir qarang chakillab.
    Yuragidan zardobmas qonlar sizmoqda,
    Ise shohni olqishlaysiz itday akillab.

    Abdulla,Erkinu,Hurshid,O'tkirlar,
    Sizlarku dev yasab o'tirgan maddoh.
    Nega jirkanmaysiz jallodga qarab,
    Yo sizmi odamzotga yaralgan qassob?

    Qo'lingizda qalammas bolta tutgansiz,
    Bir-bir boshlar kesib charchamayapsiz.
    Nahot siz jallodga mahliyo bo'lib,
    O'zbek millatini o'ylamayapsiz.

    O'zbekiston ziyolilari,hurmatli ustoz-murabbiylar,oq halat kiygan hakimlar.Bilaman ko'pchiligingiz terga jiqqa pishgan yirtiq do'ppi bilan dalaga oshiqasiz.Hudo hohlasa dev iinsofga kelar ,deya sabr bilan kutyapsiz.Lekin yoningizda kechagina masjidga borib toat-ibodatini qilib kelgan hamkasbingizni galamis,terrorchi deya tutqunlik tuzogiga tashlamoqda dev.Siz bilasiz o'sha hamkasbingiz boshqa hamkasblaringizdan ko'ra halol,vijdonliligini.Lekin,nega deb so'rolmay turib qolasiz.Qo'rqasiz namozhon hamkasbingiz ,akangiz,ukangizga qo'shib tutqun qilishlaridan.Qachongacha zulmga chidash mumkin?Nahot sizning shundoq ham tilka-pora bo'lgan yuragingiz bu ko'rguliklarga,bu sho'rliklarga dosh bera olyapti.
    Kecha Moskovdagi Qozon vokzalida 200 ga yaqin mardikorlikka kelgan biringizning yoringiz,biringizning bolangiz,boshqa biringizning yaqiningizni ushlab avahtaga tashlashdi.
    O'zbekistonning poytahti Toshkentni non shahri atashardi.Bugun esa minglab Vtandoshlar ''non'',deya o'zga yurtlarda nega sarson ?O'ylab ko'rganmisiz.
    Qachon zulmga qarshi bosh ko'tarasiz Vatandosh?Odamning bardoshi temirdan ham kuchli.Lekin temirlar ham erib ketmadimi bu zulmlardan.To'yiblar ketmadingizmi bu zulmlardan.Ahli ayolingizni,bo'yga etmagan qizingizni haramlarga otib o'tirgan otayu yorlar.Qani sizdagi o'zbekona erkakcha gurur.
    So'zlarim yuragingizga qattiq qadalishini bilaman.Ingrantirib yuborishi ham mumkin.Bugun shunday gapirmaslikning hech iloji qolmadi.Ahir qo'zgola qoling zulmga qarshi,zolim poshsho Karimovga qarshi!
    Rizo OBID.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz