Ризобек Четверг, 2024-11-14, 10.21.39
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа

    Главная » 2007 » Февраль » 1 » NAZM GULSHANI.Dilsora FOZILOVA:UMIDSIZLIK
    04.19.13
    NAZM GULSHANI.Dilsora FOZILOVA:UMIDSIZLIK

    Ko’zlaringdan o’chsa g’ayrat olovi,
    Kaftlaring berkitsa quloqlaringni.
    Birov tinglamasa qalbingning zori,
    Javobin topmasang so’roqlaringni.

    Uyning o’rtasida tursang cho'kkalab,
    Sochlaring parishon, ko’zlaring yumuq,
    Dunyo irg'itganday seni o'pkalab,
    Dahshat girdobidan mayib-u majruh.

    Bulutga berkitsa yulduzin falak,
    Ko’nglingday tim qaro, tongi otmas tun,
    O’kinchlar boshingni aylasa sarak,
    Borlig’ing titratsa bir achchiq tutun.

    Umidsizlik joning etibdi g'ijim,
    Dil isyon boshlabdi nohaq dunyoga
    Orzuni puchlikka qilibsan hukum,
    Sen bugun yetibsan tugal ma’noga.

    Kechagi tashvishing kulguli bugun,
    Tengsizlik ko'rasan tun bilan kunda
    Har bir tomiringda ming - minglab tugun,
    Ertaning rejasi tugulgan unda

    Erta ochilgusi qalbing ko’zlari,
    Hislaring aylanar ming bir quloqqa.
    Jarangdor yangraydi qalbing rozlari,
    Dardli satrlaring to’kilgay oqqa.

    Haqiqatga sen yuz tutasan bir – bir,
    Tuzar ham, buzar ham shu ahli inson.
    Faqat o'ylar har khil, fikrlar har khil,
    Har khil qalblardagi muqaddas iymon.

    Sen bugun chekinding, yolg’on “rost”lardan,
    Bilding, sen ertaning bitta zarrasi.
    Senga yaqinroqdir “yaqin” do’stlardan,
    Yurak titrab turgan ko’ksing qafasi.

    Holing ne bilmayman, qaydasan, kimsan,
    Umidsizsan mening yorti bilganim.
    Balki mening kabi notavon, jimsan,
    Yuz yilki tirikman… chida jigarim!

    Umidsizlik taqdir bizga jigarim,
    Biz yolg’iz emasmiz, birga jigarim!

    KANADA.

    Прикрепления: surat 1 · surat 2 · surat 3
    Жойлади: Dilsora
    Всего комментариев: 2
    1 DILSORAHONIMGA  
    0
    Mahzun misralar.Uni o'qishdan ko'ra ko'proq uqmoq kerak.Har bir satr,har bir so'zda dunyocha ma'no-ma'ni,bunda isyon,bunda tugyon,bunda go'zal dil sohibasining kelajakka umidi kangullarni masrur etadi,o'yga toldiradi,shirin bir orziqish va huzur tuyasiz o'zingizda,o'zligingizda.Boshqacha ayta olmayman.
    Sizga faqat tuganmas baht tilayman.
    BEK.

    2 OFARIN!  
    0
    Miskina qalbdagi uygoq satrlar kishi qalbiga yupanch bagishlaydi.Dilsorahon dil izhorlariga monand va hamohang bir kuy taralmoqda.Bu kuy qayoqdan taralib,qay manzillarni quchmoqda va qay manzildagi horgin hislarni qo'shiq bo'lib allalamoqda.Bu qo'shiq nafaqat ruhiyatni ,balki jismlarnida jimirlatmoqda.
    O'tkinchi.

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2024
    Сайт управляется системой uCoz