O'rislar bilan azaldan qoni aralashgan o'zbek poshshosi Karimovning o'rischa muqomlarini oynaijahonda tez-tez ko'rib,ja unchalik raqqos bo'lmasa ham maddoh-laganbardorlarining chapaklariga ''ah-ha'',deb qo'shilib qarsaklar urishga ko'pchilik ko'nikib ham qoldi. Lekin Karimov o'zi siyosatda hali u ogasining,hali bu ogasining quchoqlarida yaltoqlanishni joyiga qo'ymoqda. Karimov ora-choramas tez-tez payt poylab ko'zlarini suzib,qoshlarini qoqib ogalariga cho'tir,shaltogi chiqqan yuzini tutib turishga ustasi farang bo'lib ketgan. Mana bunga yana bir misol.U o'rislarning O'zbekistondagi elchisi'' totar obiy ''Muhametshinga ''Do'stlik'' ordeni berib,uni yalab-yumqagani buning yana bir dalilidir.Ko'pchilik Muhametshin Karimovni o'pdi,endi o'rislarning unga(Karimovga)sevgisi kuchayadi,deb qo'yishdi.Yo'q unday emas.Muhametshin obiy mamlakatidagilarga Karimov o'zbek mehnatkashining pillayu-tillalarini ayamay sochayotgani,tagiga yumshoqqina tonna-tonnalab pahtalar qo'yayotgani kerak.Shuning uchun goh-goh quchoqlab ,o'pib qo'yishyapti-da. O'zbekiston TV si orden berish marosimida bir joyni qirqib olib,o'ziga saqlab qo'ygan.Agar qirqib olishmaganda ko'rardingiz, Muhametshin Karimovni o'pgach ,zum o'tmay tupurib tashlaganini-yu,tupuklarni Karimov yalab yurganini.Karimov shunday bo'lsa ham sizning tupugingiz tabarruk,deb ta'zim qilib turaveradiganlardan.U akasiga yana ko'p qosh uchiradi.Buni men sizga aytdim,siz ayta ko'rmang.Bo'lmasa,nima bo'lishini bilasiz-a? Rizo OBID.