Tunda bedor,Karimov istibdodidan Vatanda ozor chekayotgan,nohaq qamalgan,qorni to'yib non emayotgan,qashshoq,nochor millatimiz haqida o'ylab,o'zim ham ularga biror bir yordam berolmasligimdan o'kinib Ollohga hamd aytib o'tirar ekanman,ro'paramdagi ''internet'' atoqli oyna-i jahondan etarli foydalana olmasligim,undagi o'rischa so'zlarni o'zgartirib bilmaganimdan,yaratganning qarshisida qanchalik nochorligimizni mushohada qilib o'tirsam sahifa yuzidagi yozuvlar birdaniga o'zgarib,boshqa hushro'y qiyofa kasb eta boshladi. Chizayotganlarim afsona emas.Bor gap.Haq gap.O'zim bilgan do'stlarga minnatdorchilik bildirib maktublar yozdim.Hoynahoy ulardan biri shunday savob ishga indamasdan qo'l urgan bo'lsa,desam ularning birortasidan javob olmadim.Sahifa esa ko'z o'ngimda ko'rib turganingizday qiyofa kasb etdi.E'tibor beringga ushbu chizgilarimni qay vaqtda yozyapman.Tuni bilan ko'zlarimda sevinch yoshlari bilan kiprik qoqmay o'tiribman.Sahifa o'zgarayotgan daqiqalarda ''Ollohga shukur'' nomli mashqimni chizib o'tirgandim.Hali u sahifa yuzini ko'rmay turib go'yo mo'jiza ro'y berdi.Yordam qilayotgan Vatandoshimiz esa ''chap qo'ling qilgan savobni o'ng qo'ling ham bilmasin'',deganlariday bajardi va ishni yakunlab ham ''menman bu'',deb ismini aytmadi.Mana bu chin musulmonlik belgisi,deya ko'nglimdan o'tkazib ushbularni yozdim.Olloh rozi bo'lsin. Rizo OBID.