Ризобек Пятница, 2025-06-20, 01.30.04
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 2
    Гостей: 2
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 02
    Ko'zlaring mastona-mastona,so'zlaring jon olguchi,
    Rozi bo'lsang bizday beklar,senga q'ul bo'lgusidir.

    Hijron atoqli gulzoringda mayliga yursam qon yutib
    Sen buyurgin men jon beray,ko'ksinga boshim qo'yib,

    Yuragimning dog joylari seningla topgusi malham,
    Ayt dilbaro qayda bordir sendayin qoshi qalam.

    Lablaringga surilgan bol shakkarmidi,qandmidi,
    Ko'ydirar jismu tanimni bo'sadan olgan yaram.
    Rizo OBID.

    Просмотров: 803 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (0)

    Hozir UcOZ hisob-kitoblariga ko'ra sahifamizni dunyoning 20 dan ortiq mamlakatida istiqomat qiluvchi muhlislarimiz kuzatib o'tirishibdi.Ulardan sahifadagi chiqishlarga o'z munosabatlarini bildirishlarini so'raymiz.Sizni qaysi mavzular ko'proq qiziqtiradi?Buni bilish bizning kelgusidagi faoliyatimiz samaraliliga munosib yordam bo'ladi.Habar,mulohaza fikrlaringizni bizga yozib yuboring.
    Sahifamizga qimmatli vaqtlarini ayamay kirayotgan muhlislarning barchalariga minnatdorchilik bildiramiz.
    Tahririyat.
    Просмотров: 675 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (0)

    Bugun er yuzida odamzotga qarshi dushmanlik qilayotgan zulmkorlar o'rtasida musobaqa o'tkazilsa kim birinchi o'rinni oladi?
    Bu savol albatta ko'pchilikni qiziqtirsa kerak.Chunki inson o'ziga qarshi vahshiy qiyofadagi dushmanini tanib olsa har qalay undan ehtiyotroq bo'lib yuradi-da.Shunday emasmi?
    Lekin O'zbekistonda ayni davrga kelib,zulmdan to'ygan omma qo'liga ilingudek narsa bilan yovuz ro'parasiga chiqmoqda.
    Ha,to'gri angladingiz.Saddam Husayndan keyin odamzotning 1-raqamli dushman-kushandasiga aylangan zolim Karimovga qarshi otlanganlar soni har daqiqa ko'payib bormoqda.Ularning barchasi o'zbekistonlik esalarda jugrofiy maskanlariga ko'ra hohlab-hohlamy dunyoning turli burchaklarida qo'nim topganlar.Bugun o'zbek millatiga mansub kishilarni er yuzining qaysi bir go'shasida topmayman,deysiz.Ular Karimov zulmidan bezib hayyo-huyt,deb Vatandan bosh olib chiqib ketishga majbur bo'lganlar.
    Bugun O'zbekistonning rasmiy manbalari hisob-kitobiga ko'ra 26 millio ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1123 | Добавил: qaysar | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (0)

    Hozirgi damda sahifamizdagi ''UMIDSIZLIK'' nomli ilk she'ri bilan muhlislari mehri va tahsiniga sazovor bo'lgan shoira Dilsora FOZILOVA o'zining qalamidan to'kilgan ''SO'Z'' nomli ikkinchi she''ri bilan o'qishli asar muallifi sifatida yana peshqadamlik qilmoqda.
    Прикрепления: SURAT 1 · SURAT 2 · SURAT 3
    Просмотров: 757 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (0)

    Necha yilki bahrim ichra aylanur bir dona so’z
    Chiqmayin na til – qalamga ayladi devona so’z,
    Ko’zlarimdan o’chdi uyqu, na qiyomat bu balo,
    So’z uyin etsa topilmas shu go’zal durdona so’z.

    Ming shakilda tovlanar u, nozlanar u, yondirar,
    Va dilimdan toshtirar u shoda – shoda nola so’z.
    So’z bilan to’ldi qog’ozlar, to’lmadi bir parcha dil
    Bu mening yozganlarimning hammasi begona so’z.

    U paridir qirq qiz ichra, men da’vogar vasliga,
    Qirq parivash isn bermas shunchalar ordona so’z.
    Qirq qizi gulday qiqirlar “bo’lmagin ko’p noshukur”
    “Bizda ham o’t bor, alam bor, bo’lsak ham parvona so’z”

    Tuhf etib Zebunisoga bir shirin nozli nigoh,
    Yo meni etmas pisand y, o’ldirar armona so’z,
    Nodira yo bo’lmadimmi, yo Uvaysiy bo’lmadim,
    Men g’aribu notavonman boqmasa shohona so’z.

    Telba dardim, telba ko'nglim rishta yoygan el aro,
    “Menga yetgin” deb imolar, yo’l olib osmona so’z.
    Qayga borgum ... Davomini o'qing...

    Просмотров: 924 | Добавил: Dilsora | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (14)

    Haftaning Olloh muborak qilgan u juma kunidan bu juma kunigacha sahifamizda Holland,Shvetsiya,Kanada,Frantsiya,Qirgiziston,Koreya,AQSH,Qozogiston,O'zbekiston mamlakatlaridagi Vtandoshlarimiz UCOZ hisobot berishicha 7000 martadan ziyod mehmon bo'lishgan.Siz bildirgan har bir fikr-mulohaza esa har narsadan bebaho va qadrli.Muborak kunlaringiz qutlug bo'lsin.
    Aziz Vatandoshlar,Sizning tashrifingizga hamisha muntazirmiz.
    Tahririyat.
    Просмотров: 789 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (0)

    Tunda bedor,Karimov istibdodidan Vatanda ozor chekayotgan,nohaq qamalgan,qorni to'yib non emayotgan,qashshoq,nochor millatimiz haqida o'ylab,o'zim ham ularga biror bir yordam berolmasligimdan o'kinib Ollohga hamd aytib o'tirar ekanman,ro'paramdagi ''internet'' atoqli oyna-i jahondan etarli foydalana olmasligim,undagi o'rischa so'zlarni o'zgartirib bilmaganimdan,yaratganning qarshisida qanchalik nochorligimizni mushohada qilib o'tirsam sahifa yuzidagi yozuvlar birdaniga o'zgarib,boshqa hushro'y qiyofa kasb eta boshladi.
    Chizayotganlarim afsona emas.Bor gap.Haq gap.O'zim bilgan do'stlarga minnatdorchilik bildirib maktublar yozdim.Hoynahoy ulardan biri shunday savob ishga indamasdan qo'l urgan bo'lsa,desam ularning birortasidan javob olmadim.Sahifa esa ko'z o'ngimda ko'rib turganingizday qiyofa kasb etdi.E'tibor beringga ushbu chizgilarimni qay vaqtda yozyapman.Tuni bilan ko'zlarimda sevinch yoshlari bilan kiprik qoqmay o'tiribman.Sahifa o'zgarayotgan daqiqalarda ''Ollohga shukur'' ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 815 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (0)

    Yahshimi-yomonmi yoddan chiqarmay,
    Eslab turishibdi Ollohga shukur!
    Rost bo'lsin suygani yaratgan egam,
    Boshim malomatda Ollohga shukur!

    Oting,otavering toshlaringizni,
    Yapaloq,qirraqon qo'lga kirganin.
    Qaylarda ko'rgansiz yo ko'rmagansiz,
    Ayting,aytavering qayda yurganim.

    Qirratosh otsangiz ko'ksim tutaman,
    Nishonga urdim,deb quvoning mayli.
    Siz hursand bo'lsangiz Ollohga shukur,
    Jonimni beraman siz uchun ayting.
    Rizo OBID.

    Просмотров: 812 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (0)


    Toshkentdan bir-biridan dahshatli habarlar daqiqa sayin kelib turibdi.Inson huquqlari himoyachisi,jurnalist Umida NIYOZOVA hanuz Karimov atoqli dev changalida hayot-mamot uchun mardona kurashmoqda.Qiz bolaning bu dahshatli qiynoqlariga dosh berib qahramonlarcha turishi uncha-muncha erkakning qo'lidan kelmaydi.Umida tortayotgan azobni o'ylashning o'ziyoq odamning badanini junjiktirib,seskantirib yuboradi.

    Nega er yorilib ketmas ikkiga,
    Ona tutqunlikka tushgani hamon.
    Ona zamin titrabla ketdi Toshkentda,
    Ammo silkinmaydi Ise degan hon.

    Umidani yovuz dev domiga oldi,
    Ikki yoshli go'dagi chirqillab qoldi.
    Yondi yuraklarim qoq o'rtasidan,
    Nega olam olov bo'lib yonmasdan qoldi!

    Nega sukut saqlab turar millatim,
    Yo dev yutsin,deb kutar navbatin?!
    Qolmadimi erlarning shijoatlari,
    Qani a ... Davomini o'qing...

    Просмотров: 852 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-02 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz