Necha yilki bahrim ichra aylanur bir dona so’z Chiqmayin na til – qalamga ayladi devona so’z, Ko’zlarimdan o’chdi uyqu, na qiyomat bu balo, So’z uyin etsa topilmas shu go’zal durdona so’z. Ming shakilda tovlanar u, nozlanar u, yondirar, Va dilimdan toshtirar u shoda – shoda nola so’z. So’z bilan to’ldi qog’ozlar, to’lmadi bir parcha dil Bu mening yozganlarimning hammasi begona so’z. U paridir qirq qiz ichra, men da’vogar vasliga, Qirq parivash isn bermas shunchalar ordona so’z. Qirq qizi gulday qiqirlar “bo’lmagin ko’p noshukur” “Bizda ham o’t bor, alam bor, bo’lsak ham parvona so’z” Tuhf etib Zebunisoga bir shirin nozli nigoh, Yo meni etmas pisand y, o’ldirar armona so’z, Nodira yo bo’lmadimmi, yo Uvaysiy bo’lmadim, Men g’aribu notavonman boqmasa shohona so’z. Telba dardim, telba ko'nglim rishta yoygan el aro, “Menga yetgin” deb imolar, yo’l olib osmona so’z. Qayga borgum shuncha og’ir yuk bilan men bedavo, Islagum men shu zaminda to’lmasa paymona, so’z. Kun kabi qaynoqmikan u, oy kabi oydinmi yo, Sirlimi ertak misoli, yoki u afsona so’z. Hasratida bog’ladim bel bir “Amira” nomila, Bul takhallus soyasida qolmasin amrona so’z. KANADA.
|