Bugun er yuzida odamzotga qarshi dushmanlik qilayotgan zulmkorlar o'rtasida musobaqa o'tkazilsa kim birinchi o'rinni oladi? Bu savol albatta ko'pchilikni qiziqtirsa kerak.Chunki inson o'ziga qarshi vahshiy qiyofadagi dushmanini tanib olsa har qalay undan ehtiyotroq bo'lib yuradi-da.Shunday emasmi? Lekin O'zbekistonda ayni davrga kelib,zulmdan to'ygan omma qo'liga ilingudek narsa bilan yovuz ro'parasiga chiqmoqda. Ha,to'gri angladingiz.Saddam Husayndan keyin odamzotning 1-raqamli dushman-kushandasiga aylangan zolim Karimovga qarshi otlanganlar soni har daqiqa ko'payib bormoqda.Ularning barchasi o'zbekistonlik esalarda jugrofiy maskanlariga ko'ra hohlab-hohlamy dunyoning turli burchaklarida qo'nim topganlar.Bugun o'zbek millatiga mansub kishilarni er yuzining qaysi bir go'shasida topmayman,deysiz.Ular Karimov zulmidan bezib hayyo-huyt,deb Vatandan bosh olib chiqib ketishga majbur bo'lganlar. Bugun O'zbekistonning rasmiy manbalari hisob-kitobiga ko'ra 26 million aholi bor,deyiladi.Lekin aslidachi?Bu borada ham hamma sohalardagi kabi ko'zbo'yamachilik,qo'shib yozishlar bor.O'zbekistonda hayot odamni yo'qqa,yo'q kishini esa borga aylantiradigan Karimov atogli shaytonning malaylari tunu kun bu borada jonbozlik qilishmoqda.O'zbekistonda aslida norasmiy manbalarning aytishicha 16 million aholi istiqomat qilmoqda.Albatta bu raqam O'zbekistonning 1-raqamli dushmani Karimovga yoqmaydi.Chunki u chet ellardagi homiylaridan 26 million aholi ustidan turli-tuman moddiy ko'maklar olib turadi. Hali-veri etmishni qoralab,sakson yoshga qadam qo'yayotgan odamkush Karimovning hurjuni boylikka,qursogi esa qonga to'yadiganga o'hshamaydi.Chunki u ayolmi-erkakmi tanlamaydi,hatto go'daklar qonini ham hech seskanmay ichishga odatlanib qoldi. Erkatoy qizlari esa yirtiq to'nli,do'ppisining yagiri chiqib,qo'llari qadoqlardan yorilib qon sizayotgan sodda va mehnatkash o'zbek halqi topgan peshona teri mablaglarini o'zlarining ko'ngilhushliklariga sarflashdan charchamayaptilar. O'zbekistonning 1-raqamli dushmani haqida jinday hikoya qildik holos.Hali uning atrofidagi o'ziga o'hshaganlar haqida ham vaqti-soati bilan aytamiz.Bizni kuzatib boring. Rizo OBID.