...1990 yillarda qayta qurish yillari epkini bilan O'zbekistonga ham demokratiya,oshkoralik kirib keldi.Siyosat maydonida hukumatga muholif kuchlar paydo bo'ldi. Ko'pchilik,ayniqsa ularning liderlari va ularga ergashganlar o'shanda biz kuchli,degandik.Hozir ham shu fikrdamiz.Lekin aslidachi?Mavzu sarlavhasini qo'yib biroz taraddudlanib qoldim.Chunki, ''obbo,yana muholifat haqidami'',deydiganlar bo'ladi.Lekin hatolar,adashishlarimiz va o'z aybimizni mardlarcha tan ola bilmaslik oqibatida mana necha yildirki,ayro-ayro so'qmoqlarda tentirab yuribmiz. Muholifat-muholifat bo'lib endigina tettapoya qadam tashlay boshlagandan hamma liderlik,birinchilik da'vosida bo'ldi.Biz buni normal hol,deb bildik.Har qanday lider hokimiyat boshiga kelish uchun kurashadi va o'z goyalariga sodiq o'laroq uning to'griligiga ortida turganlarni ishontiradi.Biz ishondik ham va ochigi ergashdik ham.Masalan,men o'shanda Abdurahim Po'latovga ham,Salay Madaminovga ham hayrihoh bo'ldim.Hech ikkilanmay ularning safiga qo'shilib, izma-iz bordim.Lekin biz oddiy ergashuvchilar o'shandayoq liderlarimizning o'zaro kelishmovchiliklari,ajralish,bo'linishga qarab ketayotganliklari,shundoq ham hali suyagi qotib ulgurmagan mo'rt muholifat kuchli diktatura qarshisda ojizligini tan olgimiz,asosiy kuchni ajralishga emas,birlashishga sarflash kerakligini idrok qilolmadik.Buni anglamoq uchun liderlarimiz Abdurahim Po'latovda ham,Salay Madaminovda ham hudbinlik borligi,ularning o'zlarida etakchilikka munosib emasliklarini ko'ra olmadik.Ko'r-ko'rona ergashish esa muholifatni bugungi ayanchli ahvolga olib keldi. Hozir bularni eslab nega qalam qitirlatib o'tiribman.Bular haqida avval ham yozildi-ku,deyishar.Ha,to'gri.Yana bir bor buni eslashimning boisi bizda ham hech bo'lmasa Qirgizistondagi,Qozogistondagi kabi muholifat shakllanishi mumkin emasmidi,degan ichki bir armon bor yuragimda. Abdurahim Po'latov ham,Salay Madaminov ham kechrishsinu, ahir tan olib ayting,to'gri ko'p hatolar qildik,deb.Ayrimlar aytishi mumkin,sening nima haqqing bor,sorashga,deb.O'zbekistonning bir millati sifatida nega so'rolmayman.Qo'shnim nonga to'ymayapti?Mahalladoshimning go'zal qizi yo'qchilikdan to'y qilolmasligi bois 30 yoshga kirib uyda o'tiribdi....Men yana bir bor boshdan sanab o'tirmasam ham hamma Vatandagi holdan yahshi habardor.Achciq ,nordon gaplarni aytish oson,deb o'ylaysizmi?Sizga bir so'z aytgach haftalab yuragim gijimlaydi.Ba'zilar bizni mashara qilyapti,deb o'ylashlari mumkin.Ayniqsa Abdurahim Po'latov domla ham,Salay Madaminov domla ham.Lekin hozir aytadiganim chin yurakdan samimiy.Sizlarga qarab turib o'zimdan ko'ra sizlarga ko'proq achinib ketyapman. Ancha bo'ldi bu fikrlar ko'nglimdan o'tganiga.DO'K ''ning '' Turonzamin'' jurnaliga ham yozdim.Lekin uning raisi Jahongir Mamatov ''hozir birlashish haqida o'ylayapmiz,keling hozir shu gaplarni'',deya to'htatdi.Natija esa ma'lum.Lekin aytsam tilim,aytmasam dilim kuyadi,deganlariday bugun har kuni bir yangi qanaqadir yangi-yangi muholifat ,degan so'z qo'shimchasi bilan tashkilotchalar,uyusmalar paydo bo'lyapti.Huddi,kechirasizu bedanaga beriladigan tariqqa o'hshab.Uch kishi bir bo'lsa bo'ldi bir firqa.Amalda esa hech vaqo yo'q. Uzrkuya, bugungi muholifatdagi ba'zi nayrangbozlar hali unga,hali bunga yaltoqlanib,''akajon-akajon'',deb qo'yniga kirib-chiqayotgan fohishalarga o'hshaydi.Gaping noto'gri,deb ayuhannos solishadi ertaga.O'sha ayuhannos soladiganning o'zi shunaqa va sizlarga ham vafo qilmasligini bilasizkuya lekin vaqtincha maqtab turibdiku,deb hursandsiz. Hullas,ushbularni chizyapmankuya,lekin Siz Abdurahim Po'latovning ham,Siz Salay Madaminovning ham nafaqt ommani, balki o'zingizni va o'zingizning atrofingizdagi 3-4 odamni ham ergashtira oladigan layoqatingiz yo'q ekan.Buni afsuski juda kech tushunib turibdi ko'pchilik.Ayrimlar esa tushunmayapti.Hali ham sizga umidvor ko'z tutib o'tiribdi.Yana hudo umr bersa ko'p ko'z tutib o'tirishadi menimcha.... Rizo OBID.