Ризобек Четверг, 2025-06-19, 22.41.38
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 2
    Гостей: 2
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 05
    Robotlarni inson kashf etgan.Demak ularni odam boshqaradi.Y'ani,odamzot robotni hohlagan muqomiga solib foydalanishi mumkin.
    Shunday ekan ilmiy tadqiqotmi yohud biror bir muhim masala tahlilimi menimcha jonli odamlar fikrini o'rganib hulosa yasash ishonchliroq.
    Mana,masalan O'zbekistonda deputatlar ovozi biror bir qonun yo qarorni qabul qilishda,saylovlarda elektron qurilmadan foydalanishadi.Hayratlanarli joyi shundaki hamma qabul qilingan qaror yohud saylov natijalari Karimov yo diktatura foydasiga 90,ba'zan undan ham yuqori foizni ko'rsatadi.
    Bu nima ,degani ?Robotni ham Karimov tomonidan uning komandasi boshqarmayapti,holis hisob-kitob olib boryapti,deb aytingchi?Yo'q holis emas.Bu joyda bir nayrang bor,deysiz albatta.
    Endi ''Isyonkor'' saytida e'lon qilingan mustaqil jurnalist Yusuf Rasulovning ''Muholifat kimga muholifat'' sarlavhali tahliliy maqolasiga e'tiboringizni qarating.
    Yusuf Rasulov qalami o'tkir jurnalist.Lekin o'zi boshqarayotgan saytd ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 786 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-05 | Комментарии (10)

    Evropa mamlakatlaridan birida yashovchi tanishlarimdan biri tez-tez qo'ngiroq qilib, hol-ahvol so'rab turadi Otasiga rahmat.Men uning gaplarini diqqat bilan tinglayman.Ochigini aytganda uning hamma fikrlariga qo'shilmasam ham,lekin u hech qaerda eshitmaganim yangi fikrlar aytadiki,beihtiyor o'yga tolaman.Aslida u Vatandan o'zgacha fikrlovchiligi uchun ham quvginga uchragan.
    U bugun ham shunday bir gap aytdi.Albatta bu fikr uniki,lekin kishini chuqur mulohaza qilib,kerak bo'lsa homuza torttirib qo'yadi.
    Dastlab u yarmi hazil,yarmi chin,deganday biroz meni koyigan bo'ldi.Albatta yozayotganlarim hususida.Menga uning ta'ziri ma'qul bo'ldi.
    Lekin...Lekin ikkinchi fikri ustida shoshib qoldim.Nahotki u haq aytdi.Shu bois ham men uni Siz mushtariylar hukmiga havola etmoqchiman.Hulosa yasash esa o'zingizga havola.
    O'sha tanishimning so'zlari:''Turib-turib Momo Havodan ham hafa bo'lib ketaman''.
    Biror kishi uni ranjitibdimi,deya o'ylab qayta-qayta kimdan,deb so ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 908 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-05 | Комментарии (0)

    ...1990 yillarda qayta qurish yillari epkini bilan O'zbekistonga ham demokratiya,oshkoralik kirib keldi.Siyosat maydonida hukumatga muholif kuchlar paydo bo'ldi.
    Ko'pchilik,ayniqsa ularning liderlari va ularga ergashganlar o'shanda biz kuchli,degandik.Hozir ham shu fikrdamiz.Lekin aslidachi?Mavzu sarlavhasini qo'yib biroz taraddudlanib qoldim.Chunki, ''obbo,yana muholifat haqidami'',deydiganlar bo'ladi.Lekin hatolar,adashishlarimiz va o'z aybimizni mardlarcha tan ola bilmaslik oqibatida mana necha yildirki,ayro-ayro so'qmoqlarda tentirab yuribmiz.
    Muholifat-muholifat bo'lib endigina tettapoya qadam tashlay boshlagandan hamma liderlik,birinchilik da'vosida bo'ldi.Biz buni normal hol,deb bildik.Har qanday lider hokimiyat boshiga kelish uchun kurashadi va o'z goyalariga sodiq o'laroq uning to'griligiga ortida turganlarni ishontiradi.Biz ishondik ham va ochigi ergashdik ham.Masalan,men o'shanda Abdurahim Po'latovga ham,Salay Madaminovga ham hayrihoh bo'ldim.Hech ikkilanmay ul ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 841 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-05 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz