Robotlarni inson kashf etgan.Demak ularni odam boshqaradi.Y'ani,odamzot robotni hohlagan muqomiga solib foydalanishi mumkin. Shunday ekan ilmiy tadqiqotmi yohud biror bir muhim masala tahlilimi menimcha jonli odamlar fikrini o'rganib hulosa yasash ishonchliroq. Mana,masalan O'zbekistonda deputatlar ovozi biror bir qonun yo qarorni qabul qilishda,saylovlarda elektron qurilmadan foydalanishadi.Hayratlanarli joyi shundaki hamma qabul qilingan qaror yohud saylov natijalari Karimov yo diktatura foydasiga 90,ba'zan undan ham yuqori foizni ko'rsatadi. Bu nima ,degani ?Robotni ham Karimov tomonidan uning komandasi boshqarmayapti,holis hisob-kitob olib boryapti,deb aytingchi?Yo'q holis emas.Bu joyda bir nayrang bor,deysiz albatta. Endi ''Isyonkor'' saytida e'lon qilingan mustaqil jurnalist Yusuf Rasulovning ''Muholifat kimga muholifat'' sarlavhali tahliliy maqolasiga e'tiboringizni qarating. Yusuf Rasulov qalami o'tkir jurnalist.Lekin o'zi boshqarayotgan saytdagi robot hulosalariga tayanib ko'rinishidan asosli maqola aslida unchalik ishonchga molik emasday tuyuladi.Ehtimol,robot hisob-kitoblariga kimlardir o'tirib olib Karimov robotlarini ishga solgan kabi buyruq berayotgandir.Aynan shunday,demoqchi emasman.Shunday bo'lishi mumkinku. Endi Salay Madaminovning ''Erk'' partiyasi sahifasiga kirib qarang.U sahifada ham ''O'zbekiston taqdiri kim bilan yahshi tomonga burilishi mumkin'',degan mazmundagi so''rovga robot Salay Madaminov foydasiga hisob bergan.Ikkinchi o'rinda Abdurahim Po'latov. Ahir odamda jinday kamtarlik ham bo'lishi kerakmasmi?Maqtanish ham evi bilanda,deb u robot ''hunari'' bilan tanishgan kishining o'zi noqulaylikdan qizarib ketadi. Ha,maqtov kerak.Faqat kim o'zini-o'zi maqtaydi,degan savolga javob shu o'rinda kerak bo'lmasa kerak. Kamchiliklaringizni ayting,maglubiyatingiz sabablarini qidiring.Uni qanday tuzatish,chorasini so'rang.Odamlar aytishsin.Siz quloq soling. Ana undan keyin Robotga o'zingizni maqtatib,''ha,men zo'r ekanman'',deb magrurlaning kerak bo'lsa. Tahliliy maqolaga izoh yozayotganlarning ayrimlari ham robotga o'hshaydi.Allaqanaqangi otlarni qo'yib olib olakishkish o'yinini o'ynashmayaptimi, ularning ba'zilari? Rizo OBID.
Assalamu alaykum! Yashang Rizoaka, bormisiz!? Ha mana borakanku haqiqatni yozadiganlar ham bu zamonda. Bu gapni egalari kechirsiznlarku lekin halqimizni mashhur bir maqoli (AHMOQ O'ZINI MAQTAYDI)ni sizning gaplaringizga ilova qilmoqchiman. Ishlaringizga omadlar tilayman.
Yusuf Rasul. Kurdik akangizni reytingini. Dunyo buylab 12 odami bor ekan. 60 ta tashkilotni biralshtirgan odam kamida 60 ta chiqara olmasa reytingi shuda! Qatnashganlar ham kupi Birdamlik, Birlik azolari!
Темир терсакларга ва огзи кийшик пандавакиларга! Мен хеч качон Мухаммад Солихни акам ёки амакимнинг угли демадимку! Мен бор йуги бир суров утказдим ва натижаларинии эълон килдим. Мана яна бир суров утказишни бошладим бугун. Суровнома саволи: "Сизнингча узбек мухолифати душмани ким?" Жавоблар:1. Ислом Каримов. 2. Мухаммад Солих.3. Абдурахим Пулат. 4. Жахонгир Мухаммад.5. Ризо Обид. Мархамат жавоб беринг. Натижаларини бирга мухокама киламиз.
Hurmatli Yusuf Rasul! Men sizni esli-hushli ijodkor deya o'ylab biroz yanglishgan ko'rinaman.Siz saytingizda izoh qoldirayotgan ayrim izohchilar kabi odob-ahloq chegarasidan chiqib ketganingiz aslida kimligingizni ko'rsatib qo'ymoqda. Biroz bosiq bo'ling.Mabodo kelgusida ham haqoratlaringizni to'htatmasangiz umuman birgina mening emas ko'pchilikning hafsalasini pir qilgan bo'lasiz.So'rov yo eksperiment o'tkazaman,debsiz.Bu endi o'zingizning ishingiz.Kimning-kimligini esa vaqt ko'rsatadi.Va ko'rsatayapti ham. Sizga hurmat bilan yana Rizo OBID.
Uzbek muxolifatining eng katta dushmani Yusuf Rasulovdir. U axlatxona ochib quyib hammani bir biriga dishman qilmoqda. Agar dushman bulmasa bu axlatxonasini yopishi yoki unga ruyxatdan utib kirishni yulga quyishi kerak. Bu yerda yozgan javobidan ma'lum buldiki eng og'zi buzuq va tarbiysiz odam uning uzi ekan. Unga Karimov orden bersa ham kam! U qachondan beri muxolifatchi bulsi. Hali yaqinda muxolifatni yelkamni chuquri kursin men mustqilman deb yozgandi.
U bizning elektron pochtamizga yozgan hatida maqola ostidagi uning nomi qo'yilgan izohni yozmaganligini aytdi. Sahifamizga kirayotganlar,odamlarni bir-biriga qayrash bilan shugullanmang.Avval ham aytganimizday bunday yozishmalar bir maqsadni ko'zlagan kishilar orasida vaqtinchalik tushunmovchilik keltirib ciqaradi holos.Boshqa naf yo'q.
ismi bilan yozib insonni kuragida tumaydigan so'zlar bilan bir birlarini haqorat qilardilar.Eng ajablanarlisi shuki,usha so'kishlarga Po'latovning o'zi ham javob berardilar.Bu tariqa u kishi o'zlarini obrularini usha saytga kiradiganlar orasida butkul yo'qotganlar.Shuning uchun men aytmoqchimanki,qaysi muholifat bo'lishidan qatiy nazar yoki qaysi shahs bo'lishidan qatiy nazar harkim o'z ijodida chalgнmasdan davom etib, oralarni isloh etishga harakat qilinadigan bo'lsa mana keyin natijani eng yaqin kunda ko'rasiz. Iltimos azizlarim bir oz bosiq bo'laylik.
Aynan shunday ekanligida shak-shubha yo'q.Ilgari Burlikning mehmonlar kitobida mana shunday fitna gaplarni bazilarning ismi bilan yozib insonni kuragida tumaydigan so'zlar bilan bir birlarini haqorat qilardilar.Eng ajablanarlisi shuki,usha so'kishlarga Po'latovning o'zi ham javob berardilar.Bu tariqa u kishi o'zlarini obrularini usha saytga kiradiganlar orasida butkul yo'qotganlar.Shuning uchun men aytmoqchimanki,qaysi muholifat bo'lishidan qatiy nazar yoki qaysi shahs bo'lishidan qatiy nazar harkim o'z ijodida chalgнmasdan davom etib, oralarni isloh etishga harakat qilinadigan bo'lsa mana keyin natijani eng yaqin kunda ko'rasiz. Iltimos azizlarim bir oz bosiq bo'laylik.
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]