Главная » 2007»Февраль»6 » ESKI ''DOHIYNING'' YANGI ''DIYDIYOSI'' yohud Po'lat OHUNOV fikrlariga ayrim chizgilar
04.46.39
ESKI ''DOHIYNING'' YANGI ''DIYDIYOSI'' yohud Po'lat OHUNOV fikrlariga ayrim chizgilar
Gapni cho'zmay indollosidan boshlay qolaylik.Sobiq SSSR deputati ''Birlik'' partiyasi raisi o'rinbosari Po'lat Ohunovning ''yangi omoch'' to'grisidagi aslida eski goyasi yana tahminan 15 yil ortga qaytishga baqirib aytilgan chaqiriq holos. Birinchidan muholifat ,deb atalayotgan guruhlar hech qachon yagona liderini tanlab, uning orqasidan suyab borolmaydi.Chunki bittasini suyayman,desangiz ikkinchisi qo'polroq tuyularu birinchisining oyogiga osilib olib tortib turaveradi. Yo'q,deysiz-a?Ha,shundoq qiladi.Hozirgi muholifat,deb atalayotgan guruhlar guruh-guruhchalarga bo'linib tugab bo'lgan.Po'lat Ohunov o'zi tan olib aytganiday joylarda atigagina nomi ham shumtirab turibdi.U shu shumtiragan holida yana hukumat qarshisiga mo'ltirab boqib', ''biz siz bilan kelishib demokratik davlat quramiz''deyishga tili ham aylanmaydi.Mabodo bunga jazm etgudek bo'lsa ham hukumat unga qarab bir ho'mrayib aytsa ''bor toshingni ter''deyishi mumkin holos. Ikkinchidan shiorlarni almashtirish.Hukumatning ham ,muholifat deyilayotganlarning shiorlariga ham ko'pchilik e'tibor bermay qo'ygan.Chunki u yorqin kelajak,buyuk kelajak,ozodlik,demokratiya singari siyqasi chiqqan shiorlar bilan odamlar medasiga tegib bo'lgan. Uchinchidan mabodo Karimov qaysidir muholifat bilan ''dialog'' o'tkazishga va'da qilgan taqdirda ham bitta-bitta ro'parasiga kelganni bita-bitta laqqa baliqday yutaveradi. To'rtinchidan bugun odamlarga quruq shior emas ,non kerak.Qorni och odam hech qachon shiorga,yo chaqiqriq,baqiriqlarga qaramaydi,quloq osmaydi. Beshinchidan qilich bo'ladimi,omoch bo''ladimi farqi yo'q hukumat ,shahsan Karimov bu qurolning biri tinchlik,boshqasi urush alomati,deb ajratib o'tirmay sindirib tashlayveradi.Bu qurol almashtirish ham quruq safsata bo'lib qolaveradi. Ha,Po'lat Ohunov to'gri aytibdi hali muholifat deyilayotganlarning bugungi kunda mana ,deb ishontira oladigan na goyaviy,na boshqa bir aniq platformasi yo'q.Bas shunday bo'lgandan keyin qanaqangi shior,qanaqangi kelishuv bo'lishi mumkin? Bugun O'zbekistonga muholifat lideriman,deyayotganlar kirib borolmaydilar.Chunki yuqorida aytganimday quruq baqiriq-chqiriqlardan boshqa hech asosli bir vaqolari yo'q.Qilichimni sindirib omoch bilan keldim,deb aytsa Karimov ''ana katta moshpoya bemalol ketmoningni chopaver''deb hatto moshpoyaga ham qo'ymaydi.Chunki dalalar ham allaqachon ''chin egalari'''ni topib bo'lgan. Aytaman deyilsa a,b,c,d,e..... alifbodagi harflar etmay qolishi turgan gap. Lekin O'zbekistonda chinakam ozod mamlakat yaratish imkoniyati bor.Bu halq irodasi.Agar bugun halq istasa hamma narsa bo'lishi mumkin.Lekin bechora odamlar necha yillardan buyon muholifat,deb ataluvchilarning Po'lat Ohunovnikiga o'hshash bugungiday baqir-chaqirlariga ishonib ko'chaga necha bor tinchgina chiqib, uyiga tinchgina qayta olmay qolgani uchun yuragi hilpirab qolgan.Chunki ularni katta maydonning o'rtasiga chiqishga chaqirgan muholifatdagilar,deb aytalayotganlar nochor holda ularni tashlab maydondagilarning orqasiga o'tib olganlarini bir emas bir necha marta ko'rishdi.Ishonmasangiz yaqinroq borib gaplashing aytishadi.He,boringlare sizga ishonganlar harom o'ladi,deb. Bugun yangi bir haqiqiy halqni ishontira oladigan dono,farostli odam chiqmayapti.U chiqar .lekin qachon.Bu hozircha noaniq. Uzr,bu mening fikrlarim holos.Po'lat Ohunovning har-bir so'ziga to'rttadan munosabatim bor.Lekin ularni aytib,sanab o'tirishdan na ma'ni,na foyda bor... Rizo OBID.