АҚШ Халқаро эшиттиришлар бошқармаси борлиги ва йўқлиги билинмай қолган “Америка овози” радиосининг Ўзбек бўлимини тугатишга қарор қилди.
Гарчи бу шу йилнинг 1 Октябридан бошлаб пул йўқлиги билан изоҳланаётган бўлсада, аслида бу радио дастурларни ҳеч ким эшитмагани, теледастурларни эса Ўзбекистонда бирор киши ҳам кўра олмагани ва энг асосийси бу бўлим Каримов режимининг ўйинчоғига айланиб қолгани оқибатидир. Ҳозир бўлим “жонкуяр”лари Жавдат Сайхон, Одил Рузалиев ва Навбаҳор Имамова тўрт томонга типирчилаб бўлимни сақлаб қолиш Ўзбекистонда демократия ўрнатиш ва сўз эркинлигини таъминлаш учун муҳим эканлигини айтиб, бақир чақир қилмоқдалар. Аммо бу чўпчак.
Агар улар “Америка овози”нинг ўзбек бўлимини ҳақиқий эркинлик минбарига айлантирганларида эди, бу аҳволга тушмас эдилар. Мазкур бўлим ҳамкорларидан бирининг айтиш
... Davomini o'qing...
Tingla sanam yuragimning jimjit ovozin, Qo'lga oldim noming bilan jarangdor sozim. Qaylardasan pari-paykal, hushbichim sanam, Suvratingni cizmaklikka ojizdir qalam.
Kuydim desam ishqing bilan kuyganlar bisyor, Sanamim sen beparvosan dil rozlarimga. Kel-kelaqol sanam qo'ygin bilagimga bosh, Yalla aytib yayrab yurgin gulzorlarimda.
Qaldirgochning qanotida noma yo'lladim, Ko'kka boqib sen tomonga bo'yim bo'yladim. Bugun bedor,uygoq qalbim bezovtaligi, So'zim bilan chin ko'nglimda seni o'yladim. BEK.
Hurmatli sahifamiz mehmonlari.Pochtamizga kelayotgan ayrim anonim nomunosib hatlar kelishini to'htatish maqsadida,ochiq ismini aytishni hohlamaganlar hatlarini ogohlantirishsiz sahifadan olib tashlanadi.Ochiq minbarga,ochiq ism bilan marhamat.
Muhtaram muhlis,aziz o'quvchi!Adabiyot,sheriyatga oshno bo'lmagan kishi bo'lmasa kerak. Sahifamizda yosh shoira Dilsora FOZILOVA etakchiligidagi ''YOSH IJODKORLAR'' davrasini qurishni rejalashtirganmiz.Quyida Siz uning ayrim she'rlari bilan tanishdingiz. Galdasigi esa u kabi adabiyotga ihlos qo'ygan,yohud yuragidagi pokiza his-tuygularini she'rda mujassamlashtirishga oshufta dillarni ushbu davraga chorlaymiz. DAVRAMIZGA MARHABO AZIZ YOSH QALAMKASHLAR!DAVRA SIZ UCHUN HAMISHA OCHIQ!
AMIRA tahallusi bilan she'riyat maydoniga kirib kelgan shoiraning ijod yo'li va uning qaerda tugilib,hozirda qanday ishlar bilan mashgulligi hususida ko'plab muhlislari qiziqishmoqda. Shoira AMIRA kamtar va o'zbek qizlariga hos iymanchoqroq.Shu bois ham o'zi haqida ko'pda gapiravermaydi. Uning qaerda tugilgani-yu ijodi haqidagi savollarga kelsak zukko o'quvchi uning she'erlaridan o'zini qiziqtirgan savollarga javob topib olaveradi. U bugun Kanadada yashab ijod qilar ekan, huquqshunoslik yo'nalishida tahsil olish bilan birga adabiyotga mehrini darig tutmay ajoyib she'riy satrlar bitadi.Yana u haqda hali ko'p yoziladi.Bu galgisiga nuqta qo'yib, siz aziz muhlislar e'tiboriga AMIRAning yangi bir go'zal ''GIJDUVON'' nomli she'rini quyida havola etamiz.
Tingla bu kun dardi hijron, dil iskhorim G’ijduvon. Man farzanding daydi sayyor, san tumorim G’ijduvon. Qayga borsam sen savolsan, barcha birdek istagan, Men tavallud topganim, ungan - diyorim G’ijduvon.
Sen o’zing Kabai avval, shafoatgohim mani, Otajonim khoki poyi, ziyoratgohim mani, Qulog’imga azon aytgan, hidoyatgohim mani, Ohir umrim borar joyim, san mozorim G’ijduvon
Shunchalar bag’ring ochiqmi, jon tutar yakhshi yomon, G’ijduvon bo’lmasdan avvalroq, edingmu g’ij devon, Hamma istakka borobar, toptilar ahli zamon, Jondan o’zgasi topilgan bir bozorim G’ijduvon.
Bahovuddin balogardon tushda mujda yo’llagay, Ul ustozin yodi haqqi menga hikmat so’zlagay, Qayda bo’lsam etti pushtim Kho
... Davomini o'qing...
Gapni cho'zmay indollosidan boshlay qolaylik.Sobiq SSSR deputati ''Birlik'' partiyasi raisi o'rinbosari Po'lat Ohunovning ''yangi omoch'' to'grisidagi aslida eski goyasi yana tahminan 15 yil ortga qaytishga baqirib aytilgan chaqiriq holos. Birinchidan muholifat ,deb atalayotgan guruhlar hech qachon yagona liderini tanlab, uning orqasidan suyab borolmaydi.Chunki bittasini suyayman,desangiz ikkinchisi qo'polroq tuyularu birinchisining oyogiga osilib olib tortib turaveradi. Yo'q,deysiz-a?Ha,shundoq qiladi.Hozirgi muholifat,deb atalayotgan guruhlar guruh-guruhchalarga bo'linib tugab bo'lgan.Po'lat Ohunov o'zi tan olib aytganiday joylarda atigagina nomi ham shumtirab turibdi.U shu shumtiragan holida yana hukumat qarshisiga mo'ltirab boqib', ''biz siz bilan kelishib demokratik davlat quramiz''deyishga tili ham aylanmaydi.Mabodo bunga jazm etgudek bo'lsa ham hukumat unga qarab bir ho'mrayib aytsa ''bor toshingni ter''deyishi mumkin holos. Ikkinchidan shiorlarni almashtiri
... Davomini o'qing...
Siz meningsiz tanlaganim yagona gulim, Ammo afsus meni yor,deb saylolmaysiz. Husningizga maftun o'zim bir dona gulim, Ammo afsus meni jonim,deb qo'yolmaysiz.
Ko'nglimdagi sirlarimni pinhon tutgim yo'q, Ammo gulim siz siringiz ayta olmaysiz. Ha,men bebosh siz beboshni sevib qoldim, Siz ham endi,men ham endi qaytolmaymiz.
Sabr deysiz sukut saqlab turaveraman, Ayting yana qancha yolgiz yuraveraman. Siz meningsiz tanho gulim aytmasangiz ham, Uzun tunlar tushlarimda ko'raveraman... BEK.