Ризобек Пятница, 2025-06-20, 06.35.40
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 2
    Гостей: 2
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 6 » NAZM GULSHANI:DILSORA FOZILOVA.G'ijduvon
    10.36.14
    NAZM GULSHANI:DILSORA FOZILOVA.G'ijduvon
    Tingla bu kun dardi hijron, dil iskhorim G’ijduvon.
    Man farzanding daydi sayyor, san tumorim G’ijduvon.
    Qayga borsam sen savolsan, barcha birdek istagan,
    Men tavallud topganim, ungan - diyorim G’ijduvon.

    Sen o’zing Kabai avval, shafoatgohim mani,
    Otajonim khoki poyi, ziyoratgohim mani,
    Qulog’imga azon aytgan, hidoyatgohim mani,
    Ohir umrim borar joyim, san mozorim G’ijduvon

    Qoldimi noming shikasta, yondimi devonlaring,
    Tomchilaydi ko’ksima o’tmishda oqqan qonlaring,
    Bir qalam tutdim qo’limga yondiray armonlaring,
    Tarikhing toriga singgan dil – dutorim G’ijduvon.

    Shunchalar bag’ring ochiqmi, jon tutar yakhshi yomon,
    G’ijduvon bo’lmasdan avvalroq, edingmu g’ij devon,
    Hamma istakka borobar, toptilar ahli zamon,
    Jondan o’zgasi topilgan bir bozorim G’ijduvon.

    Bahovuddin balogardon tushda mujda yo’llagay,
    Ul ustozin yodi haqqi menga hikmat so’zlagay,
    Qayda bo’lsam etti pushtim Kho’ja - Jahon qo’llagay,
    Volidamday iliq jondan khabardorim G’ijduvon.

    Sendagi husnu go’zallik o’zga oshyonlarga yot,
    Topdimu dunyo firoq, man topmadim bitta qanot,
    Okhiri ojiz dilimga berdingu bardosh sabot,
    Ko’zlarim jolasida qotgan khumorim G’ijduvon.

    Bir olob jonni yaratding, ko’kda yulduzlar khira,
    Qalbida pok hislari ko’klamgi tongday bokira,
    Sarbaland minorlaringga beka bo’lgay Amira,
    Bekasiz joni to’zib, etgan ozorim G’ijduvon.

    Прикрепления: surat 1 · surat 2 · surat 3
    Жойлади: Dilsora
    Всего комментариев: 2
    1 AMIRAGA!  
    0
    She'rlaringizni o'qib ulardan ko'p narsa o'rganyapman.Sizlarning Yosh ijodkorlar davrasini tashkil etish to'grisidagi harakatlaringizga men ham qo'silaman.
    BEK

    2 rizoaka  
    0

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz