Tingla sanam yuragimning jimjit ovozin, Qo'lga oldim noming bilan jarangdor sozim. Qaylardasan pari-paykal, hushbichim sanam, Suvratingni cizmaklikka ojizdir qalam. Kuydim desam ishqing bilan kuyganlar bisyor, Sanamim sen beparvosan dil rozlarimga. Kel-kelaqol sanam qo'ygin bilagimga bosh, Yalla aytib yayrab yurgin gulzorlarimda. Qaldirgochning qanotida noma yo'lladim, Ko'kka boqib sen tomonga bo'yim bo'yladim. Bugun bedor,uygoq qalbim bezovtaligi, So'zim bilan chin ko'nglimda seni o'yladim. BEK.
|