Главная » 2007»Февраль»9 » E'LONNI O'QIB...yohud O'zbekistonda pasport bahosi 100 AQSH dollari
17.38.03
E'LONNI O'QIB...yohud O'zbekistonda pasport bahosi 100 AQSH dollari
O'zbekistonda yo'q odamning ham pasportini 100 dollarga yasab berishadi.Men quruq gap aytmayman.Aniq dalil bilan gapiraman. Namangan viloyatini Mingbuloq (avvalgi Zadaryo ) tumanida 2000 yillarda IIB boshligi bo'lib ishlagan Rustam Jalolov (Karimovga qo'girchoq bo'lib nomzod rolini o'ynagan Abdulhafiz Jalolovning ukasi ) o'lib ketgan odamlarning pasportlarini hitoyliklarga 100 ba'zida 50 AQSH dollariga pullagan. Shu viloyatning To'raqo'rgon tumanida IIB boshligi bo'lgan Zafar To'ychiboev ham aynan shunday firibgarlik bilan shugullangan. Bu IIB boshliqlarining jinoyatlari ommaga oshkor bo'lib ketgandan so'ng nima bo'ldi,dersiz? Nima bo'lardi.Rustam Jalolovni Mingbuloq tuman IIB boshliqligidan bo'shatib Norin tumani IIB boshliqligiga tayinlandi. Zafar To'ychiboev esa tuman IIB boshliqligidan bo'shatilib Viloyat IIB jinoyat-qidiruv boshqarmasi terrorizm,ekstremizmga qarshi kurash bo'limi boshliqli lavozimiga ko'tarildi. E'lonni o'qigach o'ylanib qoldim.O'zbekistonda 50 dollarga ,boringki 100 dollarga pasport sotib olsa bo'ladi.Agar biror kimsa Davron Sharipov,degan nom uchun o'z ota-onasini ham sotib 1000 dollar olish kuyida murojaar qilsa ajablanmang. Faqat bir tomoni bundan haqiqatni aniqlayman,deb muholifat vakillari cho'ntaklariga ziyon etkazib olishlari ham mumkin. Salay Madaminovdan har narsani kutish mumkin.U bugun yopiq ism bilan Karimovdanda havfliroq tus olmoqda.