Ayollarning,ayniqsa momolarimizning bir odatlari bor.Ular vaqti vaqti bilan sandiqdagi bisotlarini kavlashadi.Va ularning eskirib-unniqib,yaroqsiz holga kelib qolganiga qaramay mogorini elga solib yana o'sha sandiqqa avaylab solib qulflab qo'yishadi.Ular bisotlarini titkilab o'tirishganda yonlariga biror nevarami-chevaralarini ham chaqirib olishadi.Sababi har bir bisotni maqtanish barobarida yoshlik shoglari,sho'hliklari,ko'hlik bo'lganlarini hikoya qilishadi.
Nabira: ''buvijon,bu almisoqdan qolgan bisotlaringizni mogor bosib ,ayrimlari badbo'y bo'lib ketibdi'',desa,kampir-buvi tishini sugurganday u matohlardan ba'zilarini sandiqdan chiqarib tashlaydi.Nevarasiga esa buvisining bisotlari juda qadrdon,lekin uni ko'p bor ko'raverib yod bo'lib ketgan,shu bois uni endi eski bisotlar emas yangi liboslar,matohlar qiziqtiradi.Buni buvisi ham biladi-yu,lekin yana o'sha eski odatini tashlamaydi.
Ayrim chollar ham shunday, yoshligidagi bir-ikki ''qahramon''ligini ehtimol ming marta
...
Davomini o'qing...