Ayollarning,ayniqsa momolarimizning bir odatlari bor.Ular vaqti vaqti bilan sandiqdagi bisotlarini kavlashadi.Va ularning eskirib-unniqib,yaroqsiz holga kelib qolganiga qaramay mogorini elga solib yana o'sha sandiqqa avaylab solib qulflab qo'yishadi.Ular bisotlarini titkilab o'tirishganda yonlariga biror nevarami-chevaralarini ham chaqirib olishadi.Sababi har bir bisotni maqtanish barobarida yoshlik shoglari,sho'hliklari,ko'hlik bo'lganlarini hikoya qilishadi. Nabira: ''buvijon,bu almisoqdan qolgan bisotlaringizni mogor bosib ,ayrimlari badbo'y bo'lib ketibdi'',desa,kampir-buvi tishini sugurganday u matohlardan ba'zilarini sandiqdan chiqarib tashlaydi.Nevarasiga esa buvisining bisotlari juda qadrdon,lekin uni ko'p bor ko'raverib yod bo'lib ketgan,shu bois uni endi eski bisotlar emas yangi liboslar,matohlar qiziqtiradi.Buni buvisi ham biladi-yu,lekin yana o'sha eski odatini tashlamaydi. Ayrim chollar ham shunday, yoshligidagi bir-ikki ''qahramon''ligini ehtimol ming marta takrorlab charchamaydilar. Bularni nega yozyapman?Ha,to'gri.Muholifat liderlari ham uzoq yillar almisoqdan qolgan bisotlaridagi she'r,maqolalari,oshnalari ''san zo'rsan'',degan gaplarini chiqarib o'rtaga dasturhon qilishmoqdaki,buning hozir kimgadir nafi bormikan,deb o'ylab ko'rmayaptilar. Ularning bisotlarini biror bir boshqa qiziquvchi topib,mana bu antiqa bisot,asori-atiqaga qarang ,desaku huvvo-huv,lekin ularning o'zlari bu bisotlarini ko'tarib olib,hammayoqqa jar solishlari-chi?Hudo berib qoldi ularning ayrimlariga.Sahifa ochgan.Ichiga kirsang o'zini-o'zi maqtov.Uni esa ayrim laganbardor,ikkiyuzlamachilar esa ''ayamni atlas ko'ylaklari bor'',deya maqtangan qizaloqday bayroq qilib olishgani qotgan ensani umuman qotirib tashlaydi. Bisotingdan O'zbekistonga,o'zbekka nima naf tegdi?Bu haqda hech o'ylab ko'rganmisan,deguvchi yo'q.Bo'lsayam,''kel shu bilan teng bo'lamanmi,bir telba maqtanchoq maqtanib yuribdi-da'' deyishadi.Ayrim bisot ishqibozlari esa: ''mana ko'rib qo'ying','deb mogor bosgan bisotni badbo'y islarini hammayoqqa tarqatish bilan ovora. Bunday maqtanchoqlik liderga hosmi? Savol berdingiz-u,bizda lider kim aytmadingizku,deb so'rarsiz.Bizda poshsho bo'laman,degan nechta lider bor.Bitta,ikkita...U ...Ha barakalla, bilarkansizku.Yana so'raysiza. Rizo OBID