Do'stim eshitayapsanmi karnay ovozin... ( Hazratqul Khudoyberdiga) Do'stim eshitayapsanmi karnay ovozin... Sening so’zlaringdan uqdim ilk uchqun, Men istagan yo’ldan ketmoqda rozim. Dunyo ishlariga solgin bir razm, Karnay chalmoqlikka yo’qmi asosim. Bu mening nolamdir… Yonib borayotgan arslon tanasin, Og’riqqa chidamay o’kirgani bu, Davo topolmasdan eski yarasin, Yo chaqmoq o’tida kuydirgani bu. Bu yovuz qiynoqni kum jonga solgan, Karnay chalmayapman do’stim behuda. Khalqim jar tomonga qarab yo’l olgan. U aylantirilgan yarim manqurtga. Qancha “dod” desam ham qulog’i garang, Pul bilan zanjirband etilgan jismi. U chopib ketmoqda oyog’i yalang, Hatto yodida yo’q Ollohning ismi. Qani mening yerim… Shod – khurram topshirdik bobolar yerin, Kun suymas ko’rsichqon to’dalariga. Erta nabiramga men nima deyin, Tortib ketishmoqda uyalariga. Momolar mulkini pulladik bir pul, Sog’indim chigirtka chirillashini. Biz unga almashdik, shayton bazmi-yu, Yarim – yalang’ochlar likkillashini. Zakovat, diyonat, iymon, oqibat, Yovvoyi to’dadan hurkkan jonivor. Menga karnay kerak, yana baquvvat, Do’st kerak, bo’lmoqqa tanamga mador… Menga karnay kerak ming bor kuchliroq… Uyg’otib bilguvchi, o’zlik tuygusin…. Toshlarni qo’zg’ovchi, berguvchi titroq, Elkaga quyguvchi Batan qayg’usin… Do’stim eshitayapsanmi karnay ovozin…
|