Ризобек Четверг, 2025-06-19, 23.39.03
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 11
    Kiprigingga ilinib, turgan tomchi yosh,
    Tushmasin dumalab yuzing kuydirib.
    O'zingku malagim so'zim erkasi,
    Yupanchim o'zingsan turgan kuldirib.

    Ranjima noo'rin ko'nglimning guli,
    Men ahir seningman,sen esa mening.
    Mabodo alamga yuz tutsa yo'ling,
    Unutma bu yoqda qolganin quling...
    Bek.

    Просмотров: 758 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-12 | Комментарии (0)

    Dam olish kunida sahifamizga tashrif buyurgan mushtariylar hamma habarlardan ham ko'ra ko'proq adabiyotga,sheriyatga ihlosmandliklari ko'rindi.Chunki eng ko'p o'qilgan mavzu bu-shoira Dilsora FOZILOVAning ''Karnay Ovozi'' nomli she'ri bo'ldi.
    Просмотров: 690 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-12 | Комментарии (0)

    Shukur tanishlarim,bilishlarim ko'p,
    Ularning soni-yu sanoqlari yo''q.
    Lekin ayrimlarin tanimay qolsam,
    Iltimos esla,deb uravermang do'q.

    Samimiy tanish- do'st bo'lsangiz agar,
    Quchogimni ochib kutib olaman.
    Manzilim yozuglik ko'rib turibsiz,
    Sizni o'sha joyda kutib qolaman...

    Rizo OBID.

    Просмотров: 708 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-11 | Комментарии (0)

    Boshpanasin yo'qotgan igvogar kimsa,
    Endi bu yoqlardan qidirma panoh.
    Yuzingni yashirib,niqob kiysangda,
    Ahir kу''rib turibdiki qudratli Olloh!

    Bor izgima har joyda, kasbingni tashla,
    Unutmagin seni ham ona tuqqanin.
    O'ylab ko'r atrofda qancha yahshilar,
    To'grimi ularga dog yuqtirganing.

    Samimiy bo'lishga ozgina urin,
    Balki insof tila o'sha tangridan,
    Ehtimol azonla qo'yilgan otla,
    Haq yo'lda choparsan bugun yangidan.

    Rizo OBID.

    Просмотров: 775 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-11 | Комментарии (0)

    Sahifalarimizda bir necha bor takrorlab,anonim ismlar bilan yozuvchilar izoh,habarlari ogohlantirishsiz olib tashlanadi,deyilishiga qaramay yozganlariga javob ham talab qilmoqdalar.Yana bir bor aytamiz.Tahallus bilan yozing.Lekin o'zingiz kimligingizni hech bo'lmaganda tahririyatga ma'lum qiling.
    Bu esa kim yozayapti,degan shubha-gumonlarga chek qo'yadi.Ochiq sahifaga ochiq ism bilan marhamat.Anonimchilarning aytayotganlari esa biz uchun ahamiyatsiz hisoblanib,sahifadan avtomatik tarzda olib tashlanadi.Bunday qilish huquqi, y'ani anonim habarlarni olib tashlash ichki Nizomimiz va halqaro qonunlar doirasidadir.
    Tahririyat.
    Просмотров: 739 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-11 | Комментарии (0)

    Turkmanboshi kim bo'ladi?Bugun Turkmanistonda saylov,deb atalayotgan bir tadbir bo'lib o'tmoqda.Bu gal saylov katta ''o'yin'' bilan boshlandi.Chunki 6 Prezidentlikka nomzod ko'rsatildi.Lekin manbalarda keltirilishicha Markaziy saylov komissiyasi raisi allaqachonoq tish do'htiri Qurbonguli BERDIMUHAMEDOVga ''sizni hozir saylovsiz Prezident qilib saylashga tayyormiz'',degan gapni aytgan.
    Demak Turkmanboshi kim bo'ladi ,degan savolga javob qidirib bosh qotirishning unchalik keragi y'oq.
    Lekin turkmanlarga qo'shni bo'lgan o'zbeklar nima deyishmoqda?Yoki O'zbekiston OAV bu saylov haqida nimalar demoqda?
    Avvalo shuni aytish kerakki o'zbeklar saylov,referendum degan so'zlardan bezib bo'lishgan.Chunki bunday tadbirlar qanday yakun topishi avvaldan ma'lumligini bilishadi.
    Endi O'zbekistonda eng erkin hashrlardan ,deb hisoblanuvchi ''Hurriyat'' gazetasiga yoki haqiqatchiligini doim iddao qiluvchi o'rischa ''Pravda Vostoka'' gazetlarini varaqlab ko'ring.Turkmanistondag ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1113 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-11 | Комментарии (0)

    Do'stim eshitayapsanmi karnay ovozin...
    ( Hazratqul Khudoyberdiga)

    Do'stim eshitayapsanmi karnay ovozin...
    Sening so’zlaringdan uqdim ilk uchqun,
    Men istagan yo’ldan ketmoqda rozim.
    Dunyo ishlariga solgin bir razm,
    Karnay chalmoqlikka yo’qmi asosim.

    Bu mening nolamdir…
    Yonib borayotgan arslon tanasin,
    Og’riqqa chidamay o’kirgani bu,
    Davo topolmasdan eski yarasin,
    Yo chaqmoq o’tida kuydirgani bu.

    Bu yovuz qiynoqni kum jonga solgan,
    Karnay chalmayapman do’stim behuda.
    Khalqim jar tomonga qarab yo’l olgan.
    U aylantirilgan yarim manqurtga.

    Qancha “dod” desam ham qulog’i garang,
    Pul bilan zanjirband etilgan jismi.
    U chopib ketmoqda oyog’i yalang,
    Hatto yodida yo’q Ollohning ismi.

    Qani mening yerim…
    Shod – khurram topshirdik bobolar yerin,
    Kun suymas ko’rsichqon to’dalariga.
    Erta nabiramga men nima deyin,
    Tortib ketishmoqda uyalariga.

    Mo ... Davomini o'qing...

    Просмотров: 1026 | Добавил: Dilsora | Дата: 2007-02-11 | Комментарии (1)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz