Ризобек Пятница, 2025-06-20, 12.21.58
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 11 » Katta ''O'yin'' oldidagi kichik o'ylar
    16.30.42
    Katta ''O'yin'' oldidagi kichik o'ylar
    Turkmanboshi kim bo'ladi?Bugun Turkmanistonda saylov,deb atalayotgan bir tadbir bo'lib o'tmoqda.Bu gal saylov katta ''o'yin'' bilan boshlandi.Chunki 6 Prezidentlikka nomzod ko'rsatildi.Lekin manbalarda keltirilishicha Markaziy saylov komissiyasi raisi allaqachonoq tish do'htiri Qurbonguli BERDIMUHAMEDOVga ''sizni hozir saylovsiz Prezident qilib saylashga tayyormiz'',degan gapni aytgan.
    Demak Turkmanboshi kim bo'ladi ,degan savolga javob qidirib bosh qotirishning unchalik keragi y'oq.
    Lekin turkmanlarga qo'shni bo'lgan o'zbeklar nima deyishmoqda?Yoki O'zbekiston OAV bu saylov haqida nimalar demoqda?
    Avvalo shuni aytish kerakki o'zbeklar saylov,referendum degan so'zlardan bezib bo'lishgan.Chunki bunday tadbirlar qanday yakun topishi avvaldan ma'lumligini bilishadi.
    Endi O'zbekistonda eng erkin hashrlardan ,deb hisoblanuvchi ''Hurriyat'' gazetasiga yoki haqiqatchiligini doim iddao qiluvchi o'rischa ''Pravda Vostoka'' gazetlarini varaqlab ko'ring.Turkmanistondagi saylovlar haqida biror bir habar topa olmaysiz.
    Ha mayli ularni qo'yavering.Ular saylov,degan so'zni ogizga olishdan O'zbekistonning hamma fuqarolari kabi cho'chishadi.Chunki muddati allaqachon tugab bo'lgan Karimov,degan diktatorning saylov,degan so'z aytgan odamga o'kirib tashlanib qolishidan qo'rqishadi.
    Ho'sh Turkmanistonda bo'lib o'tayotgan saylovda kim Prezident bo'ladi?O'zbekistonu Turkmanistondagilarni qo'yavering ,hatto
    Chet el OAV,siyosatchilari ham saylov natijalari qanday tugashini tahmin qilishdan,falonchi,deb aytishdan cho'chib turishibdi.Bilmadim,saylov o'tsinchi,keyin bilinadi,deb elka qisishadi ular.
    Elkangizni qismang.Yangi turkmanboshi o'sha Saparmurod NIYOZOV o'lgan kuni noqonuniy hukumar tepasiga kelgan tish do'htiri Qurbonguli BERDIMUHAMEDOV bo'ladi.Mana ko'rasiz.
    Chunki O'zbekiston,Turkmaniston kabi zo'ravonlik o'rnatilgan malakatlarda faqat zo'ravon,qonunbuzar jinoyatchilar hukumatni egallab olayotganliklari odatiy hol bo'lib qolmoqda.

    Rizo OBID.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz