Ризобек Пятница, 2025-06-20, 00.00.42
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 2
    Гостей: 2
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 13
    Bir odam bor men taniydigan.U o'zbek muholifatida o'zini lider hisoblashga haqli.Lekin u hech qachon liderman ,demaydi.U muholifatga kelgach uning saflarida ko'p bor hamjihatlik uchun kurashdi.Hech ilojini qilolmadi.So'ng inson haqlari himoyasi bilan shugullanuvchi tashkilotga faol bo'lib kirib bordi.U tashkilotda ham o'z qilgan ishiga baho so'ramadi.Lekin undan ko'mak olganlar tashakkurlarini ko'p aytishdi.
    U muholifat partiyalaridan biriga viloyatda boshchilik qildi.U bu jabhada ham ozmi-ko'pmi hayrli ishlarni qilgach undan o'zi iste'fo berib chiqdi.
    O'sha odam mustaqil inson haqlari himoyachisi sifatida bir viloyat tashkilotiga asos soldi.
    Uni ko'pgina halqaro tashkilotdagilar,O'zbekistondagi elchihonalar ma'murlari yahshi tanishadi.U bir necha loyihalar ustida ishladi va ularni muvaffaqiyatli nihoyasiga etkazdi.Lekin bilasizku O'zbekiston hukumatining siyosatini.Uni Vatanni tark etishga majbur qildilar.Oilasi a'zolarining ayrimlari chet ellarda turli mamlakatla ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1192 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-13 | Комментарии (0)

    Meni shoir sanamang aziz do'stlarim,
    Asli togdan tushgan oddiy zarraman.
    Ahir menda yo'qdir so'zlarga ragbat,
    Shoir demasangiz sizlarga rahmat.

    Men oddiy dehqonning oddiy bolasi,
    So'zin aytolmagan ko'ngil nolasi.
    Tuproqdan quyida yaralgan gardman,
    Nomi aytilmagan yangi bir dardman.

    Menga unvon nadir,yoki yangi nom,
    Atang mayli meni ey sen notavon.
    Faqat bilib qo'ying siz kabi men ham,
    Avlodim atalgan Hazrati Inson.

    Rizo Obid.

    Просмотров: 799 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-13 | Комментарии (0)

    Ona tongda tashrif buyurib,
    Bagrikenglik kerak,dedilar.
    Bosiq bo'lgin,deya uqtirib,
    Tezda qaytib yo'lda ketdilar.

    Ona Sizning so'zingiz ulug,
    Bosh ustiga qabul etaman.
    Siz aytganday hissiyotlarsiz,
    Kim bo'lsa ham qo'lin tutaman.

    Ona keling tez-tez shundayin,
    Biz tomonda ezgulik yashar.
    Ahir boshga onani qo'yib,
    Eltajakmiz hurlikka qadar.
    Rizo Obid.

    Просмотров: 749 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-13 | Комментарии (0)

    Alam qilsa burningni tishla,
    Yo bo'lmasa dumingni tishla.
    Hasad o'ti yondiraversa,
    Uzoq qorli o'lkada qishla.

    O'ylaganding zo'r,deb o'zingni,
    Aslida ko'r qo'rqoq ekansan.
    Boshing katta ammo salgina,
    Tarbiyasiz bebosh ekansan.

    Laqillama laqmalardayin,
    Odob ilmin ozgina o'rgan.
    Fikrlashib,maslahat qilgin,
    Kimlar bo'lsa ko'proqni ko'rgan.

    Beboshliging boshing emasin,
    Uvol etma umring behuda.
    So'zing tinglab atrofdagilar,
    O'la ahmoq,surbet demasin.

    Alam qilsa burningni tishla...

    Rizo OBID.

    Просмотров: 834 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-13 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz