Bir odam bor men taniydigan.U o'zbek muholifatida o'zini lider hisoblashga haqli.Lekin u hech qachon liderman ,demaydi.U muholifatga kelgach uning saflarida ko'p bor hamjihatlik uchun kurashdi.Hech ilojini qilolmadi.So'ng inson haqlari himoyasi bilan shugullanuvchi tashkilotga faol bo'lib kirib bordi.U tashkilotda ham o'z qilgan ishiga baho so'ramadi.Lekin undan ko'mak olganlar tashakkurlarini ko'p aytishdi. U muholifat partiyalaridan biriga viloyatda boshchilik qildi.U bu jabhada ham ozmi-ko'pmi hayrli ishlarni qilgach undan o'zi iste'fo berib chiqdi. O'sha odam mustaqil inson haqlari himoyachisi sifatida bir viloyat tashkilotiga asos soldi. Uni ko'pgina halqaro tashkilotdagilar,O'zbekistondagi elchihonalar ma'murlari yahshi tanishadi.U bir necha loyihalar ustida ishladi va ularni muvaffaqiyatli nihoyasiga etkazdi.Lekin bilasizku O'zbekiston hukumatining siyosatini.Uni Vatanni tark etishga majbur qildilar.Oilasi a'zolarining ayrimlari chet ellarda turli mamlakatlarda,ayrimlari esa Vatanda qolishgan. Bu tinib-tinchimas odam haqida bir necha bor bir maqola yozishga,qilgan ishlarini ommaga etkazishimni so'radim.Lekin u ko'nmadi."Keling,qo'ying,hamma qatori bir insoniylik burchimku bu'',deydi. Nega u kishi haqida bugun yozyapman.Chunki u uzoqni ko'ra biladigan odam ekan.Agar u haqda avvalroq yozganimda bugun unga ham ,menga ham hamshaharini maqtab yozibdi,deb ta'na toshlari otilishi oldini olgan ekan. Bundan tashqari u kishi haqida ushbularni yozishimni ham bilmaydi.Shu bois uning ruhsatisiz ismini aytmayman.Bugun bu haqda yozayotganimning yana bir sababi bor.Chunki u bir necha kun avval telefon qilib,"O'zbekistondagi mavjud diktaturaga qarshi,mahbusa ayollar Umida Niyozova,Mo'tabar Tojiboeva,Gulbahor To'raeva,umuman nohaq qamoqda saqlanayotganlar ozodligi va yana bir qancha talablar bilan Belgiyadagi Evropa Ittifoqi poytahti bo'lib turgan Bryussel shahrida norozilik aktsiyalari o'tkazishni rejalashtiryapman,siz ham borasizmi'',deya taklif qilib qoldi. Men bu haqda sahifamizda e'lon berdim.Oradan hech qancha vaqt o'tmay yana o'sha kishi telefon qilib,''e'lonni olib tashlang,aktsiya o'tgach o'zim aytaman,e'lon qilarsiz'',dedi.Hali e'lonni qo'yib ulgurmagan joyimdan olib qo'ydim.Mana aktsiya bo'lib o'tdi ham.Lekin u jim.U qilgan ishlarini ovoza qilish uchun emas,oldiga qo'ygan maqsadining amalga oshishi tarafdori.Ayrim baqiroqlar esa uni aktsiyalarda ko'rinmaydi,o'tkazmaydi deya ayuhannos solishadi.U jim.Chunki u nima qilayotganini o'zi biladi.