Ризобек Пятница, 2025-06-20, 13.19.29
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 14
    Turkmanistonda saylov bo'lmasdan avval hamma ''kim Prezident bo'ladi'',degan savolga dangal falonchi,deb aytolmayapti,lekin turkmanboshi kim bo'lardi,hukumatni Saparmurod Niyozov o'lishi bilan noqonuniy egallab olgan tish do'htiri Qurbonguli Berdimuhamedov bo'ladi,mana ko'rasiz ,deb aytgan edik.Mana,fikrimizning isboti: Turkmanistonning yangi Prezidenti bo'lib Osha Qurbonguli Berdimuhamedov saylanganini Turkmanistonda saylovlar va referendumlar o'tkazish bo'yicha Markaziy Komissiya raisi Murod Qoriev rasman e'lon qildi.
    Saylovda Prezidentlikka nomzodlar:
    Omonniyoz Otajiqov-3,2 %.
    Orazmurod Garajaev-1,55 %.
    Muhammadnazar Qurbonov-2,37 %.
    Eshonquli Nuriev- 2,38 %.
    Ashurniyoz Pomanov - 1,31% foiz ovozga ega bo'lganlar.

    Qurbonguli Berdimuhamedov esa eng ko'p 98,65 % foiz ovoz olgan.

    Bugun Ashhoboddagi Ruhiyat uyida Turkmaniston Halq Maslahatining 2487 deputati ishtirokida Qurbonguli Berdimuhamedovning Prezidentlik inaguriatsiya marosimi bo' ... Davomini o'qing...

    Прикрепления: SURAT 1 · SURAT 2 · SURAT 3
    Просмотров: 910 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-14 | Комментарии (0)

    Ha,bizning millatda topib aytilgan,kishini ancha-muncha o'yga toldiruvchi gaplar ko'p.Masalan,yuqoridagi ''tirnoqni etdan ajratib bo'lmaydi'', yoki ''yomon ,deb barmoqni kesib tashlab bo'lmaydi''.
    O'zbek muholifatidagilar ichida ham o'sib ketgan tirnoq kabi,yohud yarasi gazak olib yonidagi boshqa tirnoqlarga,boshqa barmoqlarga havf solayotganlari ham kam emas.
    Endi ularni sugurib olish yo kesib tashlash uchun yana ozgina holislikni yo'qotsak kech bo'ladi.Shuning uchun bir-birimizni tanqid qilganda ,ayniqsa har birimizning o'zimiz uchun muborak bo'lgan ism-sharifimizni aytganda chiroyli qilib,asli holida aytishga o'rganaylik.Ismlar yoniga haqoratni qo'yib yozayotganingizda o'zingizni ham haqorat qilayotganingiz,tarbiyangiz saviyasini naqadar past ekanligini ko'rsatib qo'ymang.
    Ba'zan men masallar mashq qilaman.Lekin unda kimnidir haqorat qilishni nazarda tutmayman.Lekin o'sha hayvonga qiyoslab ayrimlarning kamchiliklarini ko'rsatib qo'ygim keladi.Hudo shohid men ham ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1151 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-14 | Комментарии (0)

    Zaifa dedilar, goho bechora,
    Goh go’zal dedilar go’yoki hilol.
    Husniga muhammas islab ovvora,
    Faqat visolini qildilar khayol.

    Nechun buncha o’tmas bu hayron ko’zlar,
    Ko’rarlar gul kabi nozik jussasin.
    Bilmam, nechun ko’rmas dunyoni ular,
    Ortib ketayotgan ayol elkasin.

    Kelajak tebranar bir elkasida,
    Bir elkasin ezar dardi khonadon,
    Ko’nglin yormas hatto dugonasiga,
    Juftining ko’ngliga qarar bezabon.

    Shu nozik elkada adog’i yo’q yuk,
    Churq etmay tashlaydi mardona qadam.
    Siz bilmaysiz uni, qanchalar buyuk,
    Va shu buyuklikka beda’vo odam.

    Tog’lar balki qular ko’tarsa dardin,
    Balki alpzodalar berolmas bardosh,
    Toshbo’ron etilgan g’amzada ko’ksin,
    Otashidan hayron jovraydi quyosh.

    Ba’zan bukiladi, yuki ko’p og’ir,
    Tanasi zirqirab, quriydi tinka.
    Ammo bo’lishmoqqa yuklarin qodir,
    Topilmaydi mador bo’lguvchi elka.

    Darig’ tutdingizmi nurli nigohni ... Davomini o'qing...

    Прикрепления: SURAT 1 · SURAT 2 · SURAT 3
    Просмотров: 897 | Добавил: Dilsora | Дата: 2007-02-14 | Комментарии (2)

    Mayli yuragimni sugurib oling,
    Ammo Sizga sira tikon kirmasin.
    Mayli dilginamni vayrona eting,
    Ammo yomon niyatingiz hech kim bilmasin.

    Hohi tunda keling,hohi kunduzi,
    Itlarga talating istagan paytda.
    Ammo yo'lga chiqqan paytingiz do'stim,
    O'zingizni ehtiyot qiling albatta.

    Kiprik qoqmay kutaymi,qachon kelasiz?
    Ovvora bo'lmasdan do'stim buyuring.
    Yo o'zim eltaymi jonimni Sizga,
    Yo o'zingiz kelib olib ketasiz?

    Rizo Obid.

    Просмотров: 729 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-14 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz