Ризобек Пятница, 2025-06-20, 09.58.37
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 14 » TIRNOQNI ETDAN AJRATISH AZOB
    17.46.39
    TIRNOQNI ETDAN AJRATISH AZOB
    Ha,bizning millatda topib aytilgan,kishini ancha-muncha o'yga toldiruvchi gaplar ko'p.Masalan,yuqoridagi ''tirnoqni etdan ajratib bo'lmaydi'', yoki ''yomon ,deb barmoqni kesib tashlab bo'lmaydi''.
    O'zbek muholifatidagilar ichida ham o'sib ketgan tirnoq kabi,yohud yarasi gazak olib yonidagi boshqa tirnoqlarga,boshqa barmoqlarga havf solayotganlari ham kam emas.
    Endi ularni sugurib olish yo kesib tashlash uchun yana ozgina holislikni yo'qotsak kech bo'ladi.Shuning uchun bir-birimizni tanqid qilganda ,ayniqsa har birimizning o'zimiz uchun muborak bo'lgan ism-sharifimizni aytganda chiroyli qilib,asli holida aytishga o'rganaylik.Ismlar yoniga haqoratni qo'yib yozayotganingizda o'zingizni ham haqorat qilayotganingiz,tarbiyangiz saviyasini naqadar past ekanligini ko'rsatib qo'ymang.
    Ba'zan men masallar mashq qilaman.Lekin unda kimnidir haqorat qilishni nazarda tutmayman.Lekin o'sha hayvonga qiyoslab ayrimlarning kamchiliklarini ko'rsatib qo'ygim keladi.Hudo shohid men ham qandaydir kamchilik va qusurlardan holi emasman.Lekin masal janrini men bugun kashf qilganim yo'q.U qadimdan bor.Ayrimlar esa eshak haqida masal yozsam meni yozibdi,deb o'pkalashadi.Nega masaldagi hayvonda o'zingizning aksingizni ko'rib qolyapsiz?O'zingizga o'zingiz bir oyna olib qarang.Demak o'sha eshakdagi hislatlar borligi uchun emasmi?
    Azaldan masal mashq qiluvchilar ayrim doiradagi kishilarga yoqmaganlar.
    Men nima uchun muholifatdan so'z ochdimu hayvonlar haqida gap boshlab yubordim.Chunki keyingi paytda ehtimol tuzumning ta'siridanmi bilmadimu tanqidga chidolmay qolyapmiz.Tanqidga bo'hton va uydirma libosini kiydirishga urinish kuzatilmoqda.Hali biror tanqid eshitgan odam ''ha,shu aytganlaringizdan mana bunisi to'gri,rahmat,men to'gri hulosa yasab,o'zimni o'nglashga harakat qilaman'',degan javobni eshitmadim.
    To'gri, avvaliga ''tanqidingiz ma'qul'' deymizu,ortidan payt poylab turib o'ch olishga kirishib ketib qolyapmiz.Ko'nglingizga olmangu bu Karimov taktikasining o'zginasi.Usul,deyilsa ham bo'ladi.
    Men yozayotganlarimning sababi nimada? Biz ancha o'zbekona bagrikenglik,kechirimlilik,degan hislatlardan uzoqlashib ketganmiz.Uzr,yana siz demayapman.Biz ,deb aytayapman.Nima qil,deysiz.Sizni ko'klarga ko'tarib maqtaymi?Ha,desangiz o'zingizni maqtovga loyiq,deb hisoblaysizmi?
    Lekin kechirasizu bu bilan O'zbekistonda biror bir narsa yahshi tomonga burilib qoladimi?
    Yana liderlik to'grisida.Lider degani boshiga cho'ponini o'rab olib, pana-pastqamda yotavermaydi menimcha.U doimo ko'pchilik ichida yarqirab ,masha'al bo'lib yo'lni yoritib boradi.Falonchi desam yana meni tanqid qilyapti,deb hafa bo'lishadi.
    Muhtaram o'zini Karimov tuzumiga muholifatdaman,deb biluvchchilar ,yutuqlar ham,kamchiliklar ham o'zimizniki.Buni aytilgan,aytilmoqda.Etar bas endi,yo bosh bo'lsangiz boshligingizni ko'rsating.Bo'lmasa to'gri yo'lga chiqayotganlarga to'ganoq bo'lmang.
    Qanchalik ogriqli bo'lmasin ayrim liderlaru va uning yonidagi bir hovuch tarafkashlaridan yuz o'girishga to'gri kelmoqda.
    Avvalroq bir maqola yozdim va uni e'lon qilishga kelganda o'ylanib qoldim.Ularning birini ''Nodon do'stdan,ziyrak dushman yahshi'',boshqasini esa ''Uch nodon'',degan hajviyanamo nom bilan atadim.Keyin esa ''kel qo'y,tengsiz bilan teng bo'lsang,tegarak atrofing bulganadi'',degan andisha bilan e'lon qilmadim.Hozir shular haqida mulohaza qilib o'tirib ''ehtimol bu maqolamni ham e'lon qilmayinmikan'',dedimu,lekin millat oldida uning bir zarrasi sifatida mas'ullik hissi bilan uni chop etishga jazm etdim.
    Aslida bir ogiz kalima bilan.Qaniydi hatolarimiz bo'lmasa edi,qaniydi,O'zbekistonda tinchlik,osoyishtaligu,farovon hayot bo'lsa edi,deb undov belgisini qo'yib qo'yilsa ham bo'lar edi balki.Lekin yuqorida aytganimday qancha ogriqli va azobli bo'lmasin manmanlik kasaliga duchor bo'lgan kechagi safdoshlarimiz,hamfikrlarimiz bilan tirnoqni etdan ajratgan kabi ayrilishimizga to'gri kelib qolyapti.Agar sizning kemangiz O'zbekiston ozodligi yo'lida esa avvalambor birlashing.Ilojingiz bo'lmasa jim turing.Maqsad tezroq o'zbek halqi peshonasidagi sho'rlikni yuvish bo'lsin.Shu qatori har birimiz ham zulm iskanjasidan chiqib ozod nafas olaylik!
    Rizo Obid.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz