''Bo'linganni bo'ri er,ayrilganni ayiq er'',
Bolalikdan bu naql qulogimda yangraydi.
Qo'shilmasang el bo'lib,uchaversang yel bo'lib,
Qashqir emasin do'stim!
Darding ogir bilaman,senga hamdard bo'laman,
Ammo yo'ling chakkidir qanday hamroh bo'laman.
Hushingni yig bir joyga,imkoning bor ozgina,
Qashqir emasin do'stim.
Nega mard bo'lib bir bor qo'lingni cho'zolmaysan?
Elkangdagi shaytonni nahotki quvolmaysan.
Sen odam bolasisan,sen inson bolasisan,
Qashqir emasin do'stim.
El bechora u yoqda,dardi sel bo'lib ketdi,
Suyagini pichoqmas,hanjarlar teshib o'tdi.
Shafqat qil elatingga,rahm qil millatingga,
Qashqir emasin do'stim.
Tashla qo'lga qo'lingni,qadam tashla mardona,
Qurib ketsin tahti-yu,sarob o'sha shohona.
Sen avom farzandisan,yodga olgin bir bora,
Qashqir emasin do'stim!
Rizo Obid.