Ризобек Воскресенье, 2025-06-22, 19.28.11
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 16 » Tomoshabin bo'lib turmaslik kerak
    22.27.21
    Tomoshabin bo'lib turmaslik kerak
    Muholifat birlashuvi haqida jiddiy Bayonot e'lon qilindi va u kuzatuvlarimizga ko'ra oldinga siljimoqda.''Birdamlik'' harakatining joylarda bo'limlari ochilayotgani ko'pchilikning yagona saflarga birlashish istagi borligi dalolatidir.Ko'pchiligimiz bunday kezlarda endi nima bo'larkin,deb kuzatib turishga odatlanib qolganmiz.Chunki O'zbekistondagi diktatura ongimizga chirkin goyasi bilan bu odatni o'rnatishga muvaffaq bo'lgan.Modomiki biz Vatanimiz,millatimiz,kelajagimizni ozod ko'rish tarafdorlari ekanmiz,miyamizdagi bo'lmagur o'y-fikrlarni sugurib otib,yagona kuchga aylanish uchun tomoshabinlikdan real kuchga aylanishimiz shart.
    O'zbekistonda hozirdan talash qilib bo'lib olishga urinadigan narsaning o'zi yo'q.Uni Karimov hukumati allaqachon o'pqoniga joylashtirib bo'lgan.Bizning mqsadimiz zahiralarga ko'z olaytirish emas, balki yaratuvchilik bo'lmogi kerak.Ana shunda Olloh bizga madadkor bo'ladi.Boshimizdagi zulm soyasini surib, yoruglikka chiqishning faqat birdan bir yo'li birlashishdir.Buni hamma biladi,lekin ko'pchilik ''qani siyosatchilar nima qilarkin'',deya tomoshabinga aylanmasligimiz kerak.Siyosatchilar o'z yo'liga,ular o'z goyalari bilan yana qancha umrguzaronlik qilishni ko'zlashyapti,yaratgangagina ayon.Biz esa,ya'ni siz va biz kabi oddiy kishilar jipslashib olga yurmagunimizcha,allaqaysi siyosatchiga qarab o'tiraversak hali-veri chinakam hurlik eshiklari ochilishi mavhum bo'lib qolaveradi.Shu bois har qanday mayda-chuyda ishlarni yigishtirib,faqat salgina faolroq,amaliyroq harakatlarga o'tish kerak.

    Ahir yuragingiz qonlarga to'lib,
    Zardoblar yutasiz qanchalar yana.
    Ana turibdiku Ollohning yo'li,
    Kimning yo'llariiga qaraysiz yana!

    Etar uyqusirab,garangsib allaqayoqlarda,kimlarningdir qo'liga qarab,qora ko'zlaringizni javdiratib,yuzlaringizni sargaytirib yurganingiz.Mamlakatimiz boyligi har birimizning boyligimiz.Karimovniki emas. Faqat unga yakka egalik hissi bilan emas yaratuvchanlik, hamjihat baham ko'rish niyati bilan qarash kerak. Haqqimizni talab qilish uchun jur'at-jasorat,qalbda yolqin bir chaqmoq alanga olishi kerak holos.Bu deganim ayrimlar jihodga chorlov,deya tushunmasinlar.Aslida goyaviy jihod qon to'kish,zo'ravon siyosatdan kuchlidir.Faqat bunda hammaning yakdilligi kerak holos.

    Rizo Obid.

    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz