Ризобек Воскресенье, 2025-06-22, 07.56.08
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 1
    Гостей: 1
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 17 » Karimov qulashini kutib o'tirmang
    01.43.33
    Karimov qulashini kutib o'tirmang
    Karimov tahtdan ketsa yoki bo'lmasa yaqinda O'zbekistonda saylov bo'lsa vaziyat o'zgaradi,deb o'tirish osmondan chalpak yogishini kutib o'tirish demakdir.Hozir vaqt goyat ganimat.Nega desangiz,uzoqqa misol uchun borib o'tirishning hojati yo'q.Ana Turkmanistonda favqulodda Saparmurod Niyozov o'lib qoldi.Nima bo'ldi?
    Nima bo'lardi,ko'rib turibsizku,yana bitta o'sha o'ziga o'hshagan Turkmanboshi bosh bo'lib kelib,muholifatchiman,deganlarni saylov tugul Vatanga kirishga ham qo'ymadi.O'ylaysizki Karimov mabodo qulasa hammayoq omon-omon bo'lib ketadimi?Yo'q,albatta.Birorta o'ziga o'hshagan Yahshiqul bo'lmasa Yomonqul,Yomonqul bo'lmasa birorta oti boshqa juni boshqa bitta mushtumzo'r turib olaveradida.
    To'grisi siz bilan biz bugun Karimov liqillab qoldi,ana ketdi,mana ketdi ,deb o'zimizni o'zimiz yupatib yuribmiz.Aslida Karimovning ildizlari juda baquvvat va uzoq tomir otib bo'lgan.Bitta tomirini qirqsangiz yonidan qirqta tomiri jonlanib ketaveradi.
    Nima qilish kerak?
    Soddaroq qilib aytib qo'ya qolayl.Bir darahtni qulatish uchun bir kishining kuchi kamlik qiladi.Agar ko'pchilik bir bo'lib harakat qilinsa oson bo'ladi.Shunaqa emasmi?Buni hammamiz ham yahshi bilamizku.Nega shu birlashaylik ,deb ozgina tanqid qilsak,yo achchiqroq so'z aytsak,holisona ''ha,to'gri aytyapti'',demasdan darrov ''sen usan,sen busan'',deb go'yoki gururimiz junbushga keladi.Ha,o''sha junbushni sizni tanqid qilayotgan qo'li qoq quruq,yalangoyoqqa emas,anavi odamlarga zulm qilayotgan Karimovga ko'rsating.Allaqaydagi bemaza masalani o'rtaga tashlab it suyak gajiganday bir-birini odamlar gajishiga tomoshabin bo'lishdan yo rohatlanasizmi?Unday bo'lmasa nega anov yoqda o'kirib yotgan ajdarho Karimovning miyasiga qon quyish o'rniga sizga achinib asosiy maqsad sari hamjihatlik bilan boraylik ,degan odamning boshiga qon quyasiz?
    Hech bo'lmasa qo'lingizdan hamjihatlikka undash kelmasa jim turishni ham eplay olmaysizmi?
    Savollarim ko'p.
    Lekin unga men javob bering,deb ikki oyogingizni bir etikka tiqayotganim yo'q.So'zlarimning uzun bo'lib ketganining ham o'ziga yarasha sabablari bor.Chunki qisqa,lo'nda qilib aytsam tushunmasangiz,uzun gapirishga to'gri kelyaptida ahir.Nima qilish kerak?
    Aytasizki ,men holisman,deb.Lekin aytgan so'zingiz bilan amaldagisi yaqqol farqlanib qolyaptida .Nima ham,deyin.Achinaman holos.
    Birlashaylik ,deb aytilyapti-yu lekin hech birlashishning shabadalari sarrin esmayapti.Dillarga huzur bagishlamayapti.Sababi nimada ,deb o'ylaysiz?O'ylang.Menimcha chin yurakdan qani olga ,deb qo'lni-qo'lga berish onida shayton vasvasasi ustun kelyapti.
    Juda ko'p tirqirab, tarqoqlashib ketganmiz.Bir-birimizdan nafaqat jisman, balki fikran ham yiroq-yiroqlardamiz.Ko'pchiligimizning miyamizda hayolparastlik,amalparastlik kabi illatlar kurtak otib, hatto gullab yotibdi.Ayrim mevalarini bera boshladi ham .Bu esa o'z navbatida Karimov hukumatiga kuch-quvvat bagishlab turibdi.
    Qani Karimovga qarshi olga,deya oldinga intilish sezilmayapti.
    Mabodo chizgilarimni kimlardir mutoala qilsa ko'p vaqtingizni olganim uchun,uzr .
    Rizo Obid.
    Жойлади: Маъмур
    Всего комментариев: 1
    1 Мардикор  
    0
    Гапларингиз жуда тугри Ризобек ака,бировлар бирлашиш йулида харакат килиб юрса-ю,Юсуф Расуловга ухшаганлар уз сайтида буни нотугри талкин килиб,жамоатчилик фикрини чалгитиб Каримовни тегирмонига сув куйиб турса бунисига нима дейсиз. Апрел ё май ойларида Каримов референдум утказиб юборсачи,жуда киска вакт коляпти,мухолифат тезрок харакат килиши керак акс холда эски тос эски тогора

    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz