Ризобек Четверг, 2025-06-19, 21.21.48
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 2
    Гостей: 2
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 17
    Assalomu alaykum!Maktub va e'tibor uchun tashakkur.Muhtaram Vatandoshim! Nafaqat meni ,balki men bilan hamfikr barchani horijdagi Vatandoshlarning bir-birlarini haqoratlab,bor-yo'q ayblarni ko'pirtirib internetda yozishmalari taajubga soladi.Birlashishga hohishlari bo'lmasa, loaqal sharmandalik yozishmalardan tiyilsalar bo'lmasmi?Ahir ,internetni Er yuzida o'qiydigan va turkiy lafzni tushunadiganlar millionlab-ku!
    Nahot O'zbekiston deb,o'zbek deb kuyunishlarni shunday sharmandalik usul bilan ko'rsatishsa?!Shu haqda bir kengashib ko'rishning imkoni yo'qmikan?
    Yana bir masala:men kuni- kechagi maqolamda IAK va M.Solih uchrashganligi,IAK unga muholifatni birlashtirish va rahbarlik qilishni taklif etganini yozgandim.Ayrim kaltafahmlar buning ma'nosini tushunib etmabdilar.
    Aslida ham shunday bo'lgan.Chunki o'sha vaqtlarda IAK hozirgidek tushunchada bo'lmagan.U M.Solihga muholifatni birlashtirib boshqarishni taklif qilishidan maqsad mamlakatda mo'tadillikni ta'minlash bo ... Davomini o'qing...
    Прикрепления: SURAT 1 · SURAT 2 · SURAT 3
    Просмотров: 851 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-17 | Комментарии (0)

    Menga ta'nalarida ''maqolacha''ngiz,deb tosh otayotganlar va holis o'quvchilarga o'zimdan emas atrofdagi menga aytayotganlarning fikr-mulohazalaridan kelib-chiqib yana bir ''maqolacha''mni yo'llayman.
    Jahongir Mamatovning o'zi hohlaydimi yo'qmi U muholifat liderlarining lideri.Jahongir Mamatovni maqtamoqchi emasman.Faqat uning bugun karaht yotgan muholifat lideriman deganlarni qo'zgatib uygotayotganining o'zi liderlarning lideri ekaniga isbotdir.
    Buni men bugun,hozir o'ylab topib aytayotganim yo'q.Buni ko'pchilik e'tirof etmoqda.Men Jahongir Mamatov bilan yaqindan tanish emasman.Lekin ayrim igvogar,ismsiz fisqu fasodchilarga eslatib qo'ymoqchiman holos.Jahongir Mamatov bugungi muholifatni faollashuviga ustun liderdir va u buning uddasidan chiqmoqda.Faqat Jahongir Mamatovgina O'zbekistonda o'zgarishlar bo'lishiga etaklab boruvchi liderga to'gri yo'lni ko'rsatib bera oladigan yo'lboshchidir.Va unga ishonayotganlar safi tobora kengayib bormoqda.Boshqalarni ham Jahongir Mamat ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1086 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-17 | Комментарии (0)

    Vaqt goyat ziq.Karimov ma'lumki 2007 yilni ''Ijtimoiy muhofaza yili'',deb e'lon qilgan.Nega?Savolga sodda mantiq izlaylik.Demak,O'zbekistonda ijtimoiy muhofaza zarur.Chunki odamlar och-nahor,qashshoq.
    Karimov bu yilni bunday atash barobarida turli o'zi tashkil qilgan ijtimoiy so'rov markazlarida aholi o'rtasida go'yo tadqiqotlar olib bormoqda.Ya'niki ,aygoqchilik qilmoqda.Va go'yo Karimovgina mamlakatni taraqqiyot yo'lidan etaklab bormoqda.
    Mamlakatdagi shunday markazlardan biri ''Ijtimoiy fikr'' markazi ''aholi Karimovning siyosatini qo'llab-quvvatlamoqda'',degan cho'pchakni aytyapti.Shu markaz tadqiqotiga ko'ra emishki har 4 oiladan bittasi engil mashinaga ega emish.Egani oldida,emagani ortida emish.
    Shunga siz ishonasizmi?
    Men nafaqat ishonmayman.Aniq aytamanki bu Karimovning bo'lishi mumkin bo'lgan saylov oldidan o'zi tahtda qolishi uchun qandaydir referendummi yo shunga o'hshash firibgarona reja tuzayotganiga ochiqdan-ochiq kirishganidir.
    Odamlar ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1124 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-17 | Комментарии (0)

    Bugun atrofingizdagi har-hil igvo-tuhmat va adovat o'tlarini yoqishga jon-jahdi bilan urinayotgan illatli kimsalarga va ularning aytganlariga qo'shilib,chalgimang.Ular ustasi faranglik bilan ahborot maydoni yasab olib,muholifat va oddiy odamlarni asosiy maqsad-ya'ni Karimov zulmiga qarshi birlashib bosh ko'tarishdan chalgitishga urinishmoqda.
    Albatta bir kishi va uning atrofidagi 3-4 kishining bu urinishlari sarob kabi o'z-o'zidan singib, yo'q bo'lib ketadi inshoolloh.
    Men ularning ismlarini aytmasam ham gap qanday odamlar haqida ketayotganini anglab turibsiz.
    Kechadan buyon odamlardan kuyunchaklik bilan yozilgan maktublar olyapman.Ular mendan birlashish kerakligini va ayrimlarning esa bir-birovini haqorat qilishdan boshamayotganidan tashvish bildiradilar.Kezi kelganda,zarur bo'lsa bu maktublarni sahifamizda e'lon qilib boramiz.Maktub egalariga hozircha umumiy tarzda javob aytmoqchiman.
    Allaqachonoq biz bo'linishga urinayotgan,boshqalarni ham shu yo'lga sudr ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 1139 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-17 | Комментарии (0)

    Karimov tahtdan ketsa yoki bo'lmasa yaqinda O'zbekistonda saylov bo'lsa vaziyat o'zgaradi,deb o'tirish osmondan chalpak yogishini kutib o'tirish demakdir.Hozir vaqt goyat ganimat.Nega desangiz,uzoqqa misol uchun borib o'tirishning hojati yo'q.Ana Turkmanistonda favqulodda Saparmurod Niyozov o'lib qoldi.Nima bo'ldi?
    Nima bo'lardi,ko'rib turibsizku,yana bitta o'sha o'ziga o'hshagan Turkmanboshi bosh bo'lib kelib,muholifatchiman,deganlarni saylov tugul Vatanga kirishga ham qo'ymadi.O'ylaysizki Karimov mabodo qulasa hammayoq omon-omon bo'lib ketadimi?Yo'q,albatta.Birorta o'ziga o'hshagan Yahshiqul bo'lmasa Yomonqul,Yomonqul bo'lmasa birorta oti boshqa juni boshqa bitta mushtumzo'r turib olaveradida.
    To'grisi siz bilan biz bugun Karimov liqillab qoldi,ana ketdi,mana ketdi ,deb o'zimizni o'zimiz yupatib yuribmiz.Aslida Karimovning ildizlari juda baquvvat va uzoq tomir otib bo'lgan.Bitta tomirini qirqsangiz yonidan qirqta tomiri jonlanib ketaveradi.
    Nima qilish kerak?
    ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 763 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-17 | Комментарии (1)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz