Bugun atrofingizdagi har-hil igvo-tuhmat va adovat o'tlarini yoqishga jon-jahdi bilan urinayotgan illatli kimsalarga va ularning aytganlariga qo'shilib,chalgimang.Ular ustasi faranglik bilan ahborot maydoni yasab olib,muholifat va oddiy odamlarni asosiy maqsad-ya'ni Karimov zulmiga qarshi birlashib bosh ko'tarishdan chalgitishga urinishmoqda. Albatta bir kishi va uning atrofidagi 3-4 kishining bu urinishlari sarob kabi o'z-o'zidan singib, yo'q bo'lib ketadi inshoolloh. Men ularning ismlarini aytmasam ham gap qanday odamlar haqida ketayotganini anglab turibsiz. Kechadan buyon odamlardan kuyunchaklik bilan yozilgan maktublar olyapman.Ular mendan birlashish kerakligini va ayrimlarning esa bir-birovini haqorat qilishdan boshamayotganidan tashvish bildiradilar.Kezi kelganda,zarur bo'lsa bu maktublarni sahifamizda e'lon qilib boramiz.Maktub egalariga hozircha umumiy tarzda javob aytmoqchiman. Allaqachonoq biz bo'linishga urinayotgan,boshqalarni ham shu yo'lga sudrayotganlarni tanib,bilib bo'lgandik.Lekin ularni insofga chaqirib, faqat haqiqat sari ochiq ko'z bilan qarashlarini so'rab maktublar yozdik,maqolalar yozdik,telefon qo'ngiroqlari qildik, afsuski ular bo'lish va bo'linish ''goya''laridan qaytishmayapti. Ular haqida endi yana gapirib vaqt o'tkazish behuda.Shu bois hamma vaqt,hamma zamon kuch yakdillikda,hamjihatlik bilan hamma narsaga erishish mumkinligini anglab etib va bu yo'ldan chalgimaslik kerak. Aziz Vatandosh!Muhtaram millatdosh!U firqaga qo'shilaymi,bu firqaga qo'shilaymi,deb o'tirmang.O'zingizga bir yo'lboshchini tanlangda Karimov zulmiga qarshi kurashga otlaning!