Vaqt goyat ziq.Karimov ma'lumki 2007 yilni ''Ijtimoiy muhofaza yili'',deb e'lon qilgan.Nega?Savolga sodda mantiq izlaylik.Demak,O'zbekistonda ijtimoiy muhofaza zarur.Chunki odamlar och-nahor,qashshoq. Karimov bu yilni bunday atash barobarida turli o'zi tashkil qilgan ijtimoiy so'rov markazlarida aholi o'rtasida go'yo tadqiqotlar olib bormoqda.Ya'niki ,aygoqchilik qilmoqda.Va go'yo Karimovgina mamlakatni taraqqiyot yo'lidan etaklab bormoqda. Mamlakatdagi shunday markazlardan biri ''Ijtimoiy fikr'' markazi ''aholi Karimovning siyosatini qo'llab-quvvatlamoqda'',degan cho'pchakni aytyapti.Shu markaz tadqiqotiga ko'ra emishki har 4 oiladan bittasi engil mashinaga ega emish.Egani oldida,emagani ortida emish. Shunga siz ishonasizmi? Men nafaqat ishonmayman.Aniq aytamanki bu Karimovning bo'lishi mumkin bo'lgan saylov oldidan o'zi tahtda qolishi uchun qandaydir referendummi yo shunga o'hshash firibgarona reja tuzayotganiga ochiqdan-ochiq kirishganidir. Odamlar O'zbekistonda farovon yashayotgan esa mamlakatda 2007 yilni ''Ijtimoiy himoya '' yili,deb e'lon qilishning nima keragi bor edi. Mamlakat ishkarisidagi va tashqarisidagi ayrim o'zini ''muholifatchi '',''demokrat'' deb ko'rsatishga urinayotganlar odamlar oson hazm qilishi uchun Karimov firibini edirishga harakat qilmoqdalar.Y'ani Karimov firibini debocha keltiradilar-u lekin uning haqqoniy emasligini ochib bermaydilar.Mamklakat ichkarisidagi ahvoldan to'la habardor bo'lmaganlar esa u yoqda ya'ni Vatanda tub burilishlar bo'layotibdi,degan o'yga borib qolishadi. Ayrim mamlakat ichkarisidagilar ham bizning ovuldan boshqa joyda to'q yashashyapti ekanda degan fikrga ham borishlari turgan gap. Karimov va'da qilib kelayotgan va bundan buyon va'da qilayotgan farovonliklar to'grisidagi cho'pchaklar hammasi Karimovning galdagi nayrangidir.U tahtda qolish uchun sizu bizga edirishiga harakat qilayotgan firibiga yo'l qo'ymay,uning gayriinsoniy harakatlariga chek qo'yish uchun shoshilimiz kerak. Rizo Obid.