Ризобек Суббота, 2025-06-21, 09.43.10
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 2
    Гостей: 2
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 18 » LIDERLIK DEGANI NIMA O'ZI ?
    15.10.22
    LIDERLIK DEGANI NIMA O'ZI ?
    Liderlik degani nima o'zi?Ko'pchilik shu savol bilan murojaat qilyapti.Shu bois ham ushbularni o'zim tushungancha yozmoqchiman.
    Oddiy misoldan boshlamoqchiman.Masalan futbol komandalarining bir nechtasi bir guruhda yagona peshqadamlik uchun kurashadi.Va musobaqa yakunida uch lider fahrli o'rinni egallaydi.Bu liderlarning lideri birinchi o'rindagisini chempion ham deyishadi.Liderning qarama qarshisi ma'nosidagi esa autsayder.Ya'ni so'nggi o'rinlardagi musobaqa ishtirokchisi.
    Endi u hoh siyosat bo'lsin,hoh jamiyatdagi boshqa ko'rinishdagi harakatlar bo'lsin ularning ham liderlari bo'ladi.Absolyut(bu o'rinda boqiy ma'nosida-izoh:muallif) lider bo'lmagan,bo'lmaydi ham menimcha.
    Bugun bizning asosiy mavzumiz muholifat liderlari haqida.Muholifatda liderlar bor edi,desak bo'ladi.Lekin ular tan olishsa ham,tan olishmasa ham autsayderga aylanib qolishdi.O'rinlarini sinchkovlik bilan nazar tashlasangiz yangi liderlar egallashmoqda.Ha,liderlar.Ular bitta emas.Lekin qaysi biri ''chempion'' bo'ladi.Bu vaqtning hukmiga qarab belgilanadi.
    Ba'zilar ''ie,anov ham liderlikka da'vogar ekanmi?'',deya hayratlanishmoqda.Hayron bo'lmang.
    Huddi o'sha yuqorida misol keltirganimiz futbol komandalari singari hamma qatlamlarda ham birinchilik uchun kurash boradi.Qaysi autsayder avvalgi mavqeini saqlab qolish uchun kurashmaydi?Agar unda o'z kuchiga ishonch qolmagan bo'lsa.Siyosatda ham shunday,menimcha.Ba'zilar ''men siyosatda emasman'' deyishadi.Bo'lmasa siyosat maydonida nimanidir isbot qilish uchun nima qilib yuribsiz.Turli mavzulardagi turli fikrlarga turlicha izoh orqali fikr yozayotganlar ham o'z doirasida liderlikka intiladi.Ya'ni mening fikrim eng to'gri,deganday.
    Endi bundoq o'ylab ko'ring:kim ''men eng ohirgi o'rinda borsam'',deydi?Hamma hayotda oldinga intiladi.Bugun kimdir men liderlikka da'vogarman,desa ajblanmang.''General bo'lishni orzu qilmagan oddiy askar-askar emas'',deyilgan gapni eshitgansiz.Demak liderlikni orzu qilmagan oddiy kishi kim?
    Rizo Obid.
    Жойлади: Moderator
    Всего комментариев: 0
    Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
    [ Регистрация | Вход ]
    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz