Ne falokat berdiki yuz, bunchalar chimrildi qosh,
Yo bulut tutdi quyoshni, soyaga simrildi qosh.
Sindi ko’ngil shishasi chil, sezmadi bir jon degan,
Ko’rsatib jahlu-qiyosin, tun kabi yumrildi qosh.
Tegdimi g’ashiga bir so’z, yoki bir daydi nigoh,
Yoki jur’at etmayin ko’z, soldimi kiprikka dog’,
Yoki bir noshud beparvo etdimi dilni siyoh,
Ikki ko’zning teppasida yig’rilib o’ltirdi qosh.
Duru injular sochildi, to’kdi marjon ko’zlari,
Anglatmayin bitta ma’no, poyma – poydir so’zlari,
Tishladi g’uncha dudoqni, yoshla yuvdi yuzlari,
Eng balandan mag’ruru, bemuddao termuldi qosh.
Bir tabassumning gadosi nechalar aylonadir,
Sayramaydi qushlari, gul bog’lari vayronadir,
Shuncha ga’mni dilga joylab, to’lmagan paymonadir,
Kecha – kun topmay halovat, do’stu yor o’rgildi qosh.
Go’yo qaldirg’och qanoti, qo’ndi imkon aylayin,
Shundayin qotsin qoshingga, bir satr bayt saylayin,
Shuncha ko
...
Davomini o'qing...