Bizning Namangan viloyat Yangiqo'rgon tumanining toglarga tutashib ketgan Qirgizistonning Jalolobod viloyati bilan qo'shni Kalisho degan qishloq bor.Kalisho qishlogi odamlarida har bir togliklarga hos o'ziga hosliklar bor.Bugun men kichkina bo'lsada,lekin uning odamlaridan birini eslab ushbu kichik qatrani yozishni boshladim. Sho'ro davri qishlogimizda kolhoz raisi bo'lgan kishi idora qoravuliga ''men tumanga yigilishga ketyapman,kelgunimcha sen ko'z-quloq bo'lib tur,sen bugun raissan'',deya kulishib ketibdi.Qoravul raisning qorasi ko'rinmay qolishi bilan uning o'rniga kirib olib,kim nima iltimos bilan qogoz ko'tarib kelsa hammasiga kolhoz muhrini bosib beravergan ekan.Natijada ko'plab kishilar tomorqalik yohud qoramollik bo'lib qolgan ekan.Nima bo'lganda ham u ko'pchilikka bir rais 10 yillab qilmagan yordamni qilgan ekan.Bundan habar topgan raisbuva anchagacha figoni falakka chiqib yurgan ekan.Ekan,deb yozganimga ertak ekan deb o'ylamang.Bu bor gap.O'sha ''bir kunlik rais'' ham bor.Uning yoshi 100 larga borib qolgan.Uning yoniga borib qolsangiz har gal:''mening raislik davrimda'',deb gap boshlaydi.Qolganini uning o'zidan eshitib olaverasiz.Faqat buning uchun Kalishoga borish kerak... Rizo Obid.