Ризобек Четверг, 2025-06-19, 20.59.37
Приветствую Вас Гость | RSS
Главная | | Регистрация | Вход
Меню сайта
    Статистика

    Онлайн всего: 2
    Гостей: 2
    Пользователей: 0
    Форма входа
    Главная » 2007 » Февраль » 19
    ЖАҲОНГИР МУҲАММАД

    Ҳужжатли китоб

    5.ЎХШАМАСА УЧРАМАС

    Ўзбекистонда Олий суд раиси, Адлия вазири, Ўзбекистоннинг АҚШдаги элчиси бўлиб ишлаган, 1994 йилда Ўзбекистонда демократия оёқ ости қилинмоқда, деган баёнот тарқатиб, АҚШдан сиёсий бошпана олган Муҳаммад Бобур Маликов билан мулоқот

    -Бобур ака, сизга илгари ҳам ҳикоя қилгандим, бизни Тошкентдаги уйимизни юздан зиёд миршаблар билан ўраб, тортиб олганларида Консерватория ёнида оқ “Волга” турганди. Унинг ичида Тошкент шаҳар ҳокими Адҳам Фозилбеков ўтирганди. Кейин билсам, унинг ёнида Мирзо Улуғбек тумани ҳокими Шавкат Мирзиёев ҳам ўтирган экан. Улар бизни уйимиздан чиқариб отиш амалиёти ҳақида Каримовга рапорт бериб туришган. Каримовнинг жаҳли чиқ& ... Davomini o'qing...

    Просмотров: 1147 | Добавил: rizoaka | Дата: 2007-02-19 | Комментарии (0)

    Ayrim muhlislar yuraklaridagi gaplarni she'r atab jo'natayotganlari yahshi.Ularning she'riyatga kirib kelishlari hamon ko'ngillarini cho'ktirib,nomlarini sanamochimasmiz.Lekin oddiy matndan iborat so'zlar yigindisi she'r degan nomga sazovor bo'lavermasligini eslatib qo'ymoqchimiz holos.
    Yuqoridagidan kelib chiqib aytmoqchimizki, qo'lga qalam tutib,ko'ngil bogiga kirib kelar ekansiz avvalo ko'p o'qing,o'rganing.Qobiliyatsiz,iqtidorsiz insonning o'zi bo'lmaydi.Hammada ham izlanishlar,o'rganishlar borasida so'zlari sayqal topib go'zal qiyofa kasb etishi mumkin.
    Shu bois she'r atab jo'natganlaringiz sahifamiz yuzida ko'rinmayotganidan kuyunmang.Tinimsiz mashqlar,fidoyilik ko'rsatsangiz albatta ko'zlagan orzu-umidingizga etasiz.
    Ushbu qisqa so'z yuritganimiz,she'r,she'riyat mavzuida fikr-mulohazalaringiz bo'lsa siz bilan muloqot qilishga hamisha tayyormiz.Bilmaganlarimizni sizdan o'rganamiz.
    Tahririyat.
    Просмотров: 637 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-19 | Комментарии (0)

    Bu haqda aytmasam bo'lmas.Chunki samimiyatdan yiroqlashib borayotgan hamkasbingni ko'rib turib to'gri yo'lni ko'rsatib qo'ymaslik ham unga hiyonat,deb hisoblayman.
    Eng,avvalo Yusuf Rasulning mustaqil jurnalistlik iddaosi hususida.
    Hurmatli Yusuf Rasul,siz men o'ylagandan ko'ra ancha jizzakiroq ekansiz.Hatoyingizni ko'rsatsa odobsizlik qila boshlar ekansiz.Bunisi mayli har kimda har hil illat.Lekin siz yozayotganlaringiz ostiga mustaqil jurnalist yorligini qo'yayapsiz.Bir emas turli tashkilotlarga,(ohirgisi chamamda ''Birdamlik'' edi a'zo bo'lganingiz) a'zo kishi mustaqil jurnalist bo'la oladimi?
    Ikkinchisi bir emas bir necha kishi imzo chekkan ''Loyiha-bayonotni'' sharhlar ekansiz uni o'zboshimchalik bilan o'zgartirib ''Bayonot'',deb talqin qilyapsiz.Bu bilan kimni aldab,kimni chalgitmoqchisiz?Loyiha-bayonotga imzo chekkanlarni esa ''liderligini bilmas ekanmiz''deb kesatiqlar otyapsiz.Boshqalarni bilmadim,shahsan men bu loyihaga liderman,deb da'vo etib emas,balki m ... Davomini o'qing...
    Просмотров: 885 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-19 | Комментарии (0)

    Aziz she'riyat shaydolari!Bugun biz sizga shoir Dilmurod SAYYID ijodidan ayrim namunalarni taqdim etamiz.

    TO'RTLIKLAR

    Oqil ilm yigar,nodon pul etadi jam,
    Qorun mulkin yigsa-da,Luqmon bo'lolmas.
    Tillo taboqda agar kabob esa ham,
    It itligicha qolur INSON bo'lolmas!

    * * *

    ''Jannat onalarning zeri poyida!''
    Bu hadisni aytib,sira to'ymaymiz.
    Yurarmiz jannatning ilinj-payida,
    Ona oyogin bir o'pib qo'ymaymiz!

    * * *

    Bir nafas to'htagin,do'st bo'lsang shoshma,
    Dushmanim bo'lsang ham to'hta mayliga.
    Men yolgiz - yo'lchiga yo'l ko'rsat oshna,
    Qanday yursam bo'lar zamon zayliga?!

    * * *

    Va'dalar - yovvoyi kaptarga monand,
    Ko'ngil beshikdagi go'dakdek, go'yo -
    Barmogini so'rib,nigohlari band,
    Kaptar parvoziga yotar mahliyo!

    Dilmurod SAYYID.
    01.2002.

    Tahririyat:Muhtaram muhlis,sahifalarimizni ko'zdan qochirmay kuzatib boring.Vatandoshimiz ijodidan namunalarni ke ... Davomini o'qing...

    Прикрепления: SURAT 1 · SURAT 2 · SURAT 3
    Просмотров: 805 | Добавил: Маъмур | Дата: 2007-02-19 | Комментарии (0)

    Copyright MyCorp © 2025
    Сайт управляется системой uCoz